Vol. 1 No. 1 (2024): COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
Articles

O‘ZBEK TILIDAGI SO‘ZLARNING LEMMASINI TOPISH

Published 2024-05-22

Keywords

  • Tabiiy Til Jarayonlari (TTJ), lemma, lemmani topish, juft so‘zlar, takror so‘zlar, qo‘shimchalar, o‘zbek tili.

Abstract

Lemma bu so‘zning asosiy, ya’ni lug‘atda uchraydigan shakli. Lemmani topish (lemmalash) – turli shakldagi so‘zlarning lemmasini topish jarayoni. Lemmalash jarayoni o‘zbek tilining agglyutinativ va morfologik boyligi jihatidan murakkab jarayondir. Ushbu maqolada o‘zbek tili so‘zlarining lemmasini topish haqida mulohazalar keltirilgan. Bunda o‘zbek tili so‘z turkumlarining tuzilishiga ko‘ra turlari jadval shaklida keltirilib, barcha so‘z turkumlarining qo‘shimchalar orqali yasalgan holatidan lemmasiga qaytish qoidalari misollar bilan keltirilgan. Qo‘shimchalar turlari, soni va so‘zlarga qo‘shilish qoidalari haqida ham fikrlar yuritilgan. Lemmalash tabiiy til jarayonlarida muhim birinchi qadamlardan biridir. Bu jarayon Ma’lumot olish va Mashina tarjimasi kabi sohalarda foydalaniladi.