Published 2025-01-09
Keywords
- tizimli analiz, tilni qayta ishlashning amaliy dasturlari, ko'p tildagi tizimlar, tabiiy tilni yaratish, tilni qayta ishlash
Abstract
Mazkur maqola tabiiy tilni ishlov berish tizimlariga bag'ishlangan bo'lib, bu tizimlarning ilmiy va amaliy ahamiyatini yoritadi. Tabiiy tilni ishlov berish (TТИB) so'zi kompyuterlar va boshqa sun'iy intellekt tizimlari yordamida inson tilini tushunish, qayta ishlash va tarjima qilish jarayonlarini o'z ichiga oladi. Maqolada TТИB tizimlarining asosiy konseptlari, texnologiyalari va usullari tahlil qilingan. Shuningdek, TТИB tizimlarining turli sohalarda, jumladan, tilni avtomatik tarjima qilish, matnni tahlil qilish, xabarlarni tushunish va sentiment tahlili kabi amaliy qo'llanilishini ko'rib chiqishadi. Tizimlarning samaradorligini oshirish uchun ishlatiladigan zamonaviy usullar, xususan, mashina o'rganish va chuqur o'rganish texnologiyalari haqida ham so'z yuritiladi. Maqolada tilni ishlov berish tizimlarining rivojlanishi va ularning kelajakdagi imkoniyatlari ham o'rganiladi. TТИB sohasidagi eng yangi yutuqlar, ularning ijtimoiy, madaniy va texnologik sohalarda qo'llanilishi hamda yuzaga kelayotgan muammolar ham maqolada batafsil ko'rib chiqiladi.