Vol. 1 No. 1 (2026): COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
Articles

IJTIMOIY TARMOQLAR, OAV VA TELEGRAM UCHUN SENTIMENT, MAVZU VA TREND MONITORING NLP PLATFORMASI

Published 2026-05-31

Keywords

  • tabiiy til ishlov berish, NLP, sentiment tahlil, mavzu modellash, trend monitoring, ijtimoiy tarmoqlar, Telegram, OAV monitoring, XLM-RoBERTa, BERTopic, real vaqt tahlil, o‘zbek tili NLP, axborot xavfsizligi, transformer modellari, matn klassifikatsiyasi.

Abstract

Ushbu tezisda ijtimoiy tarmoqlar, OAV va Telegram uchun sentiment, mavzu va trend monitoringini amalga oshiruvchi NLP platformasining arxitekturasi va texnik yechimlari taqdim etilgan. Platforma real vaqt rejimida ma’lumot yig‘ish, XLM-RoBERTa asosidagi sentiment tahlil, BERTopic yordamida mavzu modellash va PELT algoritmi orqali trend aniqlash modullarini o‘z ichiga oladi. Tizim o‘zbek va rus tillarini qo‘llab-quvvatlab, kuniga 100,000 dan ortiq xabarni qayta ishlash imkonini beradi. Natijalar sentiment tahlilida 88% F1-score va 5 daqiqadan kam trend aniqlash kechikishini ko‘rsatadi.