Published 2024-05-22
Keywords
- Google, BERT, TensorFlow, sun’iy intellekt (AI), tuyg‘ular tahlili, matnni tasniflash.
Abstract
Tabiiy tilni qayta ishlash hozirgi kun ilm-fanining muhim masalalaridan biriga aylanib bormoqda. Tabiiy tilni qayta ishlashning eng muhim vazifalaridan biri matnlarni tasniflshdir. Uning maqsadi kiritiladigan matn ma’lumotlarini avvaldan belgilab olingan sinflarga ajratishdan iboratdir. Buning uchun esa BERT modeli va TensorFlow kutubxonasidan foydalanish juda yaxshi samara beradi. Mazkur maqolada matnni tasniflash nima ekanligi, uning tabiiy tilni qayta ishlashdagi ahamiyati, matnni tasniflash borasida jahon tajribasi va erishilgan yutuqlar kabi masalalar yoritilgan. Bundan tashqari BERT modelining yaratilish tarixi va unga bo‘lgan ehtiyoj, uning boshqa modellardan farqi va imkoniyatlari hamda Tensorflow kutubxonasini o‘rnatish va undan foydalanish, TensorFlowning o‘ziga xos xususiyatlari, uning imkoniyatlari va boshqa kutubxonalardan farqi, sun’iy intellekt uchun ahamiyati haqida ham ma’lumotlar kiritilgan. Qolaversa, matnlarni tasniflashda BERT modeli va TensorFlow kutubxonasining o‘rni hamda ulardan kutiladigan natijalar qay darajada ijobiy ekanligi kabi masalalarga e’tibor qaratilgan.