Аннотация
Alisher Navoiy butun umrini turkiy til mavqeyini ko‗tarish, turkiy adabiyot
imkoniyatlarini dunyoga tan oldirish, jamiyatda haqiqat va adolat mezonlarini
qaror toptirishga bag‗ishlagan bobokalonimizdir. Birinchi Prezidentimiz Islom
Karimov ta‘biri bilan aytganda, inson qalbining quvonch-u qayg‗usini, ezgulik va
hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida
kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini
anglash tuyg‗usi ham bizning ong-u shuurimiz, yuragimizga, avvalo, Navoiy
asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa,
yoshlarimizni qanchalik ko‗p bahramand etsak, milliy ma‘naviyatimizni
yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda
shunchalik qudratli ma‘rifiy qurolga ega bo‗lamiz.