Статьи
Аннотация
Oʻzbek tili uchun kompyuter lingvistikasi rivojlanishi yoʻlida
toʻgʻonoq boʻlib turgan eng katta muammo – sifatli til korpusi mavjud emasligi.
Muammoning ildizi ochiq manbalardagi matn imloviy sifati pastligidir. Korpus
masalasiga kirishishdan avval ana shu kamchilikni bartaraf etish zarur. Korpusni
yaratish jarayoniga mutaxassislar va keng jamoatchilikni jalb qilish lozim.