Перспективы узбекской прикладной филологии
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3
Результаты исследований в области прикладной филологии из этого сборника, Вопросы языковой политики и управления в Узбекистане, современные проблемы лексикографии и национальной терминологии, компьютера и корпуса исследование теоретических и практических вопросов языкознания, источников лингвистической экспертизы, имеются материалы, связанные с созданием терминологических словарей. Из этого научного сборника специалисты в области прикладной филологии, для использования исследователями, аспирантами и студентами, интересующимися данной областью возможныйen-USПерспективы узбекской прикладной филологии“HOTAMNOMA” ASARINING LINGVOFOLKLORISTIK TAHLILI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/207

Maqolada xalq kitobi “Hotamnoma” asari lingvofolkloristik
nuqtayi nazardan tahlilga qilingan. Unda qo‘llanilgan grammatik konstruksiyalar,
parallel qo‘llangan dubletlar, shuningdek, xalq maqollari qatnashgan
birikmalarning lingvistik xususiyatlari yoritilgan.
Nafisa Abdumannatova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-102022-11-1011LUG‘AVIY SHAKL YASOVCHI QO‘SHIMCHALARNING OT SO‘Z TURKUMIDAGI QURSHOVI VA LINGVISTIK MODELLASHTIRISH XUSUSIDA
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/223

Ushbu maqolada lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalarning ot
so‘z turkumidagi qurshovi va lingvistik modellashtirish xususida fikr yuritiladi.
Lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar ot so‘z turkumiga qo‘shilganda
joylashuviga qarab turli xil ma’no berish, uslubiy vazifa bajarish holatlari ko‘p
uchraydi. Bunday holatlar tabiiy tilga avtomatik ishlov berishda uning qurshovdagi
ma’nosini aniqlashga yordam beradi.
Шаҳло Хамроева
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111DAVLAT TILINING QONUN HUJJATLARDA QO‘LLANILISHI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/239

Mazkur maqolada davlat tilining qonun hujjatlaridagi o‘rni,
normativ-huquqiy hujjatlarda til me’yorlariga qay darajada amal qilinayotganligi
haqida fikr yuritilgan. Shu bilan birga, normativ-huquqiy hujjatlarning lingvistik
ekspertizasida yuzaga kelayotgan muammolarni qay yo‘sinda bartaraf qilish
maqsadga muvofiqligi haqida muallif fikri bayon etilgan.
Sevara NorovaRafiqjon Zaripov
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111BADIIY MATNNI LINGVISTIK EKSPERTIZA QILISHNING METODOLOGIK MUAMMOSI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/255

Систематизaция и применение специальных
методологических принципов и категорий при лингвистической экспертизе
художественного текста является критерием, определяющим эффективность
исследования.
Zavqiddin Suvonov
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111SHAXSIY YOZISHMALARDA O‘SMIR QIZLAR YOZMA NUTQINING TOPOGRAFIK XUSUSIYATLARI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/271

Ushbu maqolada o‘smir qizlar yozma nutqining grafologik
nuqtayi nazardan o‘rganish me’yorlari haqida so‘z yuritilgan. Grafologiya
tarmoqlari va uning lingvistik ekspertizadagi ahamiyati, harf shakllari
o‘zgarishlarining matn muallifini aniqlashdagi o‘rni, o‘smir qizlar yozma nutqi
harf shakllarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash uchun olib borilgan tadqiqot
natijalari va yozma nutqning tabiiy va o‘zgartirilgan (spontan) nutq o‘rtasidagi
tafovutlari yoritilgan.
Guljahon Xotamova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111O‘ZBEK TILI FE’LLARINING LISONIY MA’NOSI VA UNING NUTQIY VOQELANISH VOSITA HAMDA OMILLARI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/214

Maqolada leksemaning lisoniy ma’nosi, uning tarkibi, nutqiy
xususiyatlari tadqiqiga doir fikr-mulohaza, tahlil va tasniflar yoritilgan. Amalga
oshirilgan kuzatish va tahlillar leksik birlikning lisoniy va nutqiy xususiyatlarini
farqlashda ahamiyat kasb etadi.
Sharifboy Bobojonov
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-102022-11-1011O‘ZBEK TILI MILLIY KORPUSI UCHUN MATNLARNI FORMATLASH DASTURLARI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/230

Ushbu ishda til korpusida matnlar to‘plamini formatlash turlari
va usullari ko‘rsatilgan. Ularning farqlanishi va afzalliklari yoritilgan. Ushbu
maqolada biz ishlab chiqayotgan (https://uzbekcorpora.uz) platformasiga korpus
tarkibiga matnlarni kiritish qoidalari va sabablari tushuntirilgan.
A QarshiyevS KarimovM TursunovB Xolmuxamedov
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111JAHON MAMLAKATLARIDA TIL SIYOSATI VA TIL BOSHQARUVI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/246

Deyarli barcha mamlakatlarda til siyosatini samarali
tashkillashtirish, tilni planlashtirish, til bilan bog‘liq muammolarni еchish, o‘z tilini
keng targ‘ib qilish hamda davlat tili nufuzini oshirish bo‘yicha keng choratadbirlar olib borilmoqda. Mazkur maqolada til siyosatining yuzaga kelishi va
o‘rganilishi, til siyosatining mamlakatlardagi holati bir necha davlatlar misolida
ko‘rib chiqiladi.
Gulshoda SafarovaRafiqjon Zaripov
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA XALQ MAQOLLARI LINGVISTIK TADQIQI MASALALARINING O‘RGANILISHI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/262

Maqolada xalq og‘zaki ijodining janrlaridan biri bo‘lgan
maqol va uning xususiyatlari, maqolning folklorshunoslikda tutgan o’rni,
maqollarning nazariy masalalarini tadqiq qilgan o‘zbek folklorshunos olimlari,
o‘tgan asrda chop etilgan maqollar to‘plami xususida so‘z boradi.
Hilola Turopova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111SEMANTIK ANALIZATOR UCHUN POLIFUNKSIONAL SO‘ZLARNI FARQLASHNING LINGVISTIK OMILLARI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/221

Semantik analizatorning lingvistik asoslarini yaratish muhim
masalalardan biridir. Tadqiqot manbayi polifunksional so‘zlarni semantik
analizator aniqlashi, bunday so‘zlarning lingvistik modellarini tuzish dastlab uning
lingvistik asoslarini ishlab chiqishni talab qiladi. Buning uchun polifunksional
so‘zlarni farqlovchi lingvistik omillarni aniqlash muhim.
Шахноза Гулямова
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111HAQORAT TUSHUNCHASI VA UNING LINGVISTIK EKSPERTIZASI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/237

Ushbu maqolada haqorat tushunchasi va qonunchilikda unga
tayinlanadigan jazo, haqorat mazmunining lingvistik ekspertizasi, uning huquqiy
va lingvistik belgilari haqida fikr yuritiladi.
Nilufar Najmiddinova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111TURLI ZIDDIYATLI MATNLARNI LINGVISTIK EKSPERTIZA QILISH ASOSLARI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/253

Lingvistik ekspertiza amaliy tilshunoslikning yangi yo‘nalishi
bo‘lib, u sud-ekspertiza va yurisprudensiya negizida shakllangan. Maqolada matn
muallifini aniqlash jarayonlari ko‘rsatiladi.
E’zoza Sultonova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111DIALEKTAL KORPUSNING FONETIK METARAZMETKASI HAQIDA AYRIM QAYDLAR
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/269

Ushbu maqola rus tili dialektal korpusida fonetik
metarazmetkalash tizimi qisqacha ma’lumot berilgan va o’zbek milliy shevalar
korpusida amalga oshirilishi lozim bo’lagan birinchi va ikkinchi bosqichlar uchun
inson omili yordamida amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar. Shuning bilan
birgalikda o‘zbek milliy shevalar subkorpusining fonetik metarazmetkalsh qay
tartibda olib borilishi xususida ayrim qaydlar keltirilgan.
M Xolova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING NUTQI VA TAFAKKURINI OʻSTIRISH — TIL TAʼLIMINING DOLZARB MUAMMOSI SIFATIDA
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/212

Mazkur maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarining nutqi va
tafakkurini oʻstirish yoʻllari, ona tili darslarida qoʻllash lozim boʻlgan mustaqil
ishlarning turlari, tashkil etish boʻyicha metodik tavsiyalar haqida soʻz yuritiladi.
Xilola Bakiyeva
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-102022-11-1011DISFEMIZM TUSHUNCHASI VA UNING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/228

Mazkur maqolada disfemizm tushunchasi, tilshunos olimlarning
bu tushuncha xususidagi fikr-mulohazalalari, uning pragmatik xususiyatlari haqida
so‘z boradi. Shuningdek, disfemiya hodisasi, uning xarakterli xususiyati, disfemiya
diskursiv hodisasi, disfemizm esa ham til, ham nutq hodisasi ekanligi haqida fikr
yuritilgan.
Nilufar Jo‘rаevа
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111NODIRA G‘AZALLARINING NASHRLARIGA DOIR MULOHAZALAR
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/244

Maqolada Mohlaroyim – Nodiraning ayrim g‘azallari
matnidagi mulohazali o‘rinlar tahlilga tortilgan. Buning uchun akademik Aziz
Qayumov tomonidan 1958-yilda hamda Mahbuba Qodirova tomonidan 1979-yilda
amalga oshirilgan nashrlardagi ayrim g‘azallar qiyosiy o‘rganilgan, ular o‘rtasida
matniy tafovutlarga doir mulohazalar o‘rtaga tashlangan.
M RajabovaM Nematullayeva
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111PAREMIYALARDA MODALLIK MUNOSABATLARINING IFODALANISHI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/260

Ushbu maqolada ayrim paremiyalarning semantik va funksional
xususiyatlari ko‘p jihatdan modal xususiyatlar nisbati bilan bog‘liq bo‘lishi nazariy
jihatdan bayon qilingan.
Dilfuza Turdaliyeva
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111TIL SIYOSATI VA MENEJMENTI KOMPONENTLARI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/276

Tadqiqotda til siyosatining asosiy komponentlari shaxslar,
tashkilotlar, institutsional va tartibga soluvchi tuzilmalar, o‘zaro ta’sir kabi
elementlar til boshqaruvi nuqtayi-nazaridan tadqiq etilgan. Shu bilan bir qatorda
qayd etilgan birliklar til menejmenti nazariyasining asosiy elementlari sifatida
yoritilgan. Lingvistik makonni boshqarishda mazkur elementlarning muhim
ahamiyat kasb etishi dalillangan.
Rafiqjon Zaripov
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-122022-11-1211BANDIXON TUMANI SHEVASIGA OID DIALEKTAL SO‘ZLAR TO‘G‘RISIDA
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/219

Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati Bandixon tumani
shevasidagi so‘zlarning sheva vakillari nutqida qay tarzda foydalanilishi
ko‘rsatilgan. Ayni vaqtda to‘plangan sheva so‘zlarining kamligiga ularning
yig‘ilishiga e’tibor qaratilgan holda ko‘p dialektal so‘zlar o‘rganilmasdan qolib
ketayotganligi ham ta’kidlangan. Bundan tashqari, berilgan dialektal so‘zlar leksiksemantik guruhlarga ham bo‘lib o‘rganilgan.
Shoira Eshboyeva
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111O‘ZBEKISTONDA O‘ZBEK TILINING TABIIY HOLATI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/235

Til atamasi oldidan milliy so‘zini aniqlovchi sifatida qo‘yish, aslida,
mantiqan to‘g‘ri emas. Zotan, har qanday tabiiy til milliy, u qaysidir millatning tili.
Milliy bo‘lmagan til yo‘q. Bunda millat so‘zi “etnos” (qabila, urug‘) ma’nosida
ham qo‘llanadi.
Бахтиёр Менглиев
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111O‘QUV IZOHLI LUG‘ATLAR MASALASIGA DOIR
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/251

Ushbu maqola o‘zbek tilshunosligida o‘quv izohli lug‘atlari
tuzish masalasiga bag‘ishlangan va maqolada asosan maktab o‘quvchilari lug‘atlar
turkumiga oid masala ko‘rib chiqilgan.
Muhsinali Sobirov
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDAGI PERSONAJ NUTQINING GENDER XUSUSIYATLARI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/267

Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi gender xususiyatlar, ayollar va
erkaklar nutqidagi farqlar ko‘rsatib berilgan. Bu farqlarni ifodalashda Abdulla
Oripov she’riyatidan foydalanilgan.
Nasim Xo‘jayev
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111SEMANTIK KENGAYTMADA BIR SEMEMALI VA KO‘P SEMEMALI LEKSEMALARNING IFODALANISHI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/210

Ushbu maqolada tilshunoslikda bir va ko‘p sememali
leksemalarga nisbatan bildirilgan munosabat tahlil etilgan, shu bilan birgalikda bir
va ko‘p sememali leksemalarni semantik kengaytmada ifodalash usullari misollar
orqali tushuntirib berilgan.
Dildora Аxmedova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-102022-11-1011QASHQADARYO QIPCHOQ SHEVASI FRAZEOLOGIZMLARI ANTONIMIYASI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/226

Maqolada Qashqadaryo qipchoq shevalari frazeologizmlari
antonimiyasi, antonim frazeologizmlarning xilma-xil shakllari, bir frazema
tarkibidagi antonimlik, har xil negizdan tarkib topgan antonim frazemalar,
shuningdek, antonim frazemalarning tuzilishi jihatdan turlari haqida so‘z boradi.
Shoira Islomova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111O‘ZBEKISTON DAVLAT MADHIYASIDA “G‘URUR” KONSEPTINING IFODALANISHI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/242

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasida
ajdodlar merosidan faxrlanish, qadriyatlari, milliy boyliklaridan iftixor tuyg’usi,
milliy madaniyat tarannumi va madhiyaning ijro etilishi, faxr tuyg‘ularining
ifodalanishi mediadiskursdagi ahamiyati haqidagi fikrlar ham bayon etilgan.
Sarvinoz Po‘latova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111O‘ZBEK ZAMONAVIY TILSHUNOSLIGIDA ADABIY TIL TALQINI DAVR TALABI SIFATIDA
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/258

Mazkur maqolada O‘zbek zamonaviy tilshunosligida adabiy
til talqini davr talabi sifatida fikr-mulohazalar yuritilgan va unga bir qancha
misollar bilan aniqliklar keltirilgan.
Gulbahor TojiyevaSunnatillo Niyazov
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111“MA’NAVIYAT” VA “MAFKURA” LEKSEMALARINING INTEGRAL VA DIFFERENSIAL XUSUSIYATLARI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/274

Ushbu maqolada “ma’naviyat” va “mafkura” leksemalarining
integral va differensial xususiyatlari o‘rganilishi natijasida ma’no
komponentlarining umumiy hamda xususiy tomonlari yoritilgan. Leksik-semantik
paradigma tarkibidagi leksik a’zolar izohida ma’no umumiy bo‘lsa-da, paradigma
tarkibidagi leksemalarning farqlovchi semalari va birlashtiruvchi semalari bilan
farqlanishi izohlangan.
Farrux Yuldashev
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-122022-11-1211HOLAT BILDIRUVCHI SIFATLARNING OʻZBEK TILIDA OʻRGANILISHI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/217

Maqolada sifatlarning konnotativ maʼnolari, semantik-uslubiy
xususiyatlari, rang-tus, koʻrinish sifatlari, sifat darajalari, sifat soʻz turkumining
shakllanishi kabi masalalar batafsil tadqiq etilgan.
F Egamberdiyev
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111O‘ZBEK TILIDA LEMMATIZATSIYA HODISASI. LEMMATIZATSIYA VA STEMMINGNI FARQLASH
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/233

Ushbu maqolada lemmatizatsiya va stemming lingvistik
terminlarining bir-biriga o‘xshash jihatlari va farqlari haqida batafsil to‘xtalib
o‘tilgan. Bundan tashqari, o‘zbek tili xususiyatidan kelib chiqib so‘zlarni
lemmalash jarayoni haqida fikr yuritilgan.
Gulshahnoz Mahmudjonova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111KINO TILIDAGI “VASVASAGIN” VA “SEVGINATOR” YASALMALARI XUSUSIDA
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/249

Maqolada mustaqillik davri o‘zbek kinofilmlari tilida
uchraydigan “vasvasagin” va “sevginator” yasalmalarining tahlili keltirilgan.
Shuningdek, derivatsion imkoniyatdan o‘rinli/o‘rinsiz foydalanish yasalmaning
lug‘at boyligidan o‘rin olish/olmasligini belgilashi izohlangan.
Mexrigiyo Shirinova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111O‘ZBEKCHA SINONIMAYZER DASTURINI TAKOMILLASHTIRISHDA QISMAN MA’NOLI SINONIMLARNI ANIQLASH METODI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/265

Jahon tajribasida qisman ma’noli sinonimlarni aniqlashda PMI,
Edmond, DVS kabi modellar; n-gram, skipgram, antikollokatsiyalash singari
ko‘plab metodlar yordamida tajribalar o‘tkazilib kelinmoqda. Ma’lumki,
mazmuniy tasnif asosidagi sinonimlarni aniqlash shakliy sinonimlik aniqlashga
qaraganda murakkab jarayon. Bu o‘zbekcha sinonimayzer dasturini tuzishda
ayniqsa ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada aynan mazmuniy tasnif asosidagi
sinonimlik hodisasini aniqlashda uchraydigan muammolarga to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, bunday muammolarni bartaraf etish uchun hozirda dunyo tajribasida
keng sinalib kelinayotgan еchimlarga nazar tashlab o‘tildi va xulosaviy metod
taklif etildi.
Mohiyaxon Uzoqova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA YANGI SO‘Z HOSIL BO‘LISHI YO‘LLARI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/208

Ushbu maqola o‘zbek tili va ingliz tilidagi so‘z yasalishi
usullarini muhokama qiladi va misollar bilan yoritadi. Har bir til rivojlanishida
so‘zlarning yasalishi qoidalari mavjud. O‘zbek tilidagi so‘z yasalish usullari ingliz
tilidan farq qiladi. Derivatsiya tushunchasi zamonaviy tilshunoslikdan tashqari turli
sohalarda qo‘llanilib, boshqacha ma’nolarni beradi. Tilshunoslikda esa bu
tushuncha keng ma’noda qo‘llaniladi.
Sayyora Abdurashidova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-102022-11-1011HARAKAT NOMI VA INFINITIVNING QIYOSIY TAHLILI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/224

Maqolada oʻzbek va rus tillaridagi harakat nomi va infinitivning
ayrim oʻxshash va farqli tomonlari haqida soʻz yuritiladi. Muallif ikki holatni ayri
voqelik ekanligini isbotlovchi dalillarni keltiradi va oʻz xulosalarini bildiradi.
Mahbuba IbrohimovaXurshida Kadirova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111LINGVISTIK EKSPERTIZADA SHAXSNI OBRO‘SIZLANTIRISH TUSHUNCHASI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/240

Maqolada shaxsni obro’sizlantirish, haqorat mazmunli matnlar
tahlili, ularni lingvistik ekspertiza qilish jarayoni, mezonlari xususida so’z boradi.
Shaxsni obro‘sizlantirishning qonuniy asoslari, lingvistik mohiyati mavjud qonun
hujjatlari asosida tahlil qilinadi.
Shahnoza Nosirova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111GRAMMATIK OMONIMLARNI MODELLASHTIRISH XUSUSIDA
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/256

Grammatik omonimlar kompyuter lingvistikasida o‘rganilishi
muhim bo‘lgan masalalardan biridir. Matnni avtomatik tahlil qilish jarayonida
grammatik omonimlarni aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Ushbu maqolada
grammatik omonimlarning o‘rganilishi, bunday omonimlarning leksik
omonimlardan farqi, grammatik omonimlarning turlari, axborot-qidiruv tizimida
tutgan o‘rni, korpusda grammatik omonimiyani farqlash va bartaraf etish masalasi
haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, model tushunchasi, modellashtirish, ayrim
grammatik omonimlarni modellashtirish masalasi haqida so‘z yuritiladi.
Malika Suyunova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111NLP: TOKENIZATSIYA, STEMMING, LEMMATIZATSIYA VA NUTQ QISMLARINI TEGLASH
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/272

Tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing, NLP)
dunyodagi eng tez rivojlanayotgan sohalardan biridir. Tabiiy tilni qayta ishlash
(NLP) – bu sun’iy intellekt sohasi boʻlib, unda inson tilidagi ma’lumotlarni
kompyuterlar vositasida intellektual tarzda tahlil qilish va tushunish amalga
oshiriladi. Berilgan ma’lumotlardan zarur axborotlarni olish uchun tartiblangan
bosqichlar toʻplami NLPda pipline jarayoni deb ataladi. Ushbu maqolada NLPdagi
matnni boshlangʻich qayta ishlash (pipline jarayoni) bosqichlari hisoblangan
tokenizatsiya, stemming, lemmatizatsiya va soʻz turkumlariga ajratish jarayonlarini
koʻrib chiqamiz. Shunigdek, ushbu jarayonlarning amaliy tadbigʻini Python tili
vositalari yordamida tavsiflaymiz.
Zilola Xusainova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-122022-11-1211O‘ZBEK TILIDAGI “AXLOQ” UMUMIY SEMALI ATOV BIRLIKLARINING ENSIKLOPEDIK LUG‘ATDA BERILISHI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/215

Ushbu maqolada o‘zbek tilida yaratilgan O‘zMEda “axloq”
umumiy semali atov birliklarning mazmun-mohiyati, paradigmatik xususiyati, turli
ko‘rinishlarda izohlanishi lug‘atlarning xususiyati va turli vazifalari ko‘rsatib
berilgan.
Shohsanam Bobojonova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-102022-11-1011O‘ZBEK TILIDA “JASORAT” UMUMIY SEMALI ATOV BIRLIKLARINING TARIXIY-ETIMOLOGIK XUSUSIYATLARI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/231

Ushbu maqolada “Jasorat” umumiy semali atov birliklarining
tarixiy-etimologik xususiyatlari, o‘z va o‘zlashma qatlamga ega ekanligi va
arabcha, forscha, mo‘g‘ulcha, italyancha, tillardan o‘zlashganligi xususida fikr
yuritilgan. O‘zlashma atov birliklarining arabiy qatlami boshqa qatlamlarga
nisbatan boyroq bo‘lib, bu o‘zbek tili shakllanishida arabiy qatlamning o‘rni katta
ekanligi bilan xarakterlanadi.
Xurriyat Karimova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111MASHINA TARJIMASI UCHUN OʻZBEK-INGLIZ TILLARI SINONIMLARI BAZASINI YARATISH PRINSIPLARI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/247

Ushbu maqolada kompyuter lingvistikasi sohasida katta
ahamiyatga ega boʻlgan Mashina tarjimasi uchun oʻzbek↔ingliz tillari sinonimlari
bazasini yaratish prinsiplari keltirib o‘tiladi.
Abbos Salomov
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111“O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATI”DAGI BA’ZI FOLKLORIZMLARNING FUNKSIONAL-SEMANTIK VA USLUBIY XUSUSIYATLARI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/263

Ushbu maqolada folklor va folklorizm terminlari izohlangan.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da berilgan folklorizmlarning doston matnida
qo‘llanilishi o‘rganilgan. Folklorizmlarning tipologik tasnifiga ko‘ra “oddiy turi”ga
mansubligi doston matnlarida kelgan folklorizmlarning funksional-semantik va
stilistik tahlili berilgan.
Dilshoda Tursunova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111O‘ZBEK TILI KORPUSIDA MATNLARNI SINTAKTIK ANNOTATSIYALASH MASALASI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/206

Korpuslar tadqiqotchilar uchun tabiiy tilni qayta ishlash, nutqni
tanib olish va og‘zaki nutq materiallarida, shuningdek nazariy tilshunoslikda
muhim tadqiqot vositalari bo‘lib xizmat qila boshladi. Korpus oddiy matnlar
to‘plamidan tashqari, har bir nutq birligi lingvistik va ekstralingvistik ma’lumotlar
bilan izohlangan elekron to‘plam ham hisoblanadi. Izohli korpus tadqiqot uchun
juda foydali va qimmatli vosita hisoblanadi. Sintaktik annotatsiyalangan
korpuslarda kontekstdagi grammatik ko‘rsatkichlarning so‘zshakllardagi
bog‘lanishi va o‘zaro munosabati tahlili amalga oshiriladi. Maqolada o‘zbek
tilidagi matnlarning til korpuslarida sintaktik annotatsiyalash masalasi tahlil
qilingan.
Oqila Abdullayeva
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-102022-11-1011DAVLAT TILI VA ME’YORIY HUJJATLAR
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/222

Ushbu maqolada davlat tili va til siyosati, davlat tilida ish
yuritishning ustuvor vazifalari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining
qulayliklari va kamchiliklari, imlo me’yorlari, o‘zbek tilining obro‘si va nufuzini
oshirish yo‘lida qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar ularning yutuq va
kamchiliklari haqida fikrlar bayon etilgan.
M HakimovG Po‘latova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111TERMINOLOGIK TEZAURUSLAR VA ULARNING AHAMIYATI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/238

Ushbu maqolada terminologiyaning hayotning har bir
jabhasida, har bir soha doirasida qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi to‘gʻrisida
fikrlar bayon etilgan. Tezaurus va terminologiyaning bogʻliklik tomonlari ko‘rsatib
berilgan.
Zuhra Nizomova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111BADIIY MATN LINGVISTIK EKSPERTIZASINING METODOLOGIK ASOSLARI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/254

При лингвистической экспертизе художественного
текста применяются общие закономерности лингвистической экспертизы
текста, а также лингвистические принципы определения смысла в речи, в
диалектике мысли и речи, формы и содержания, речи и логики. , личность и
психика, положены в качестве методологической основы.
Zavqiddin Suvonov
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111-GAN/-KAN/-QAN ZAMON SHAKLINI KORPUSDA ANNOTATSIYALASH
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/270

Ushbu maqolada -gan/-kan/-qan zamon shaklining o‘zbek
tilining ta’limiy korpusi matnlarida qo‘llanilish holatlari tahlil qilingan va uning
annotatsiyasi yuzasidan ma’lumot berilgan.
Elyor Xonnazarov
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111MULOQOTDA BARMOQ ISHTIROKIDAGI O‘ZBEKONA PARALINGVISTIK VOSITALARNING AHAMIYATI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/213

Maqolada o‘zbekona muloqot jarayonida ishtirok etadigan
barmoq ishtirokidagi paralingvizmlar tahlili keltiriladi. Paralingvizmlarning
semantik ma’nolari va nutqdagi ahamiyati, suhbat egalarining shaxsiy xarakterxususiyatlariga
ta’siri atroflicha ochib beriladi. Tahlil qilishda o‘zbek adabiy
asarlaridagi matnlardan foydalaniladi.
Muxiba Barotova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-102022-11-1011ОБУЧЕНИЕ СОСТАВИТЕЛЬНОМУ СОСТАВЛЕНИЮ
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/229

В следующей статье обсуждается один из процессов поглощения
например, обучение написанию сочинений у изучающих английский язык. Сочинение
письмо — это, по сути, рефлексивная деятельность, требующая достаточного количества времени, чтобы обдумать
конкретные темы, а также анализировать и классифицировать любые базовые знания, поэтому
считается творческим письмом. Во время творческого письма воображение и открытие
начать работать. В качестве педагогического конструкта для развития сочинения мы
может использовать образный подход, который можно реализовать с помощью творческих задач.
Учитель рассказывает учащимся, как это сделать, объясняет, чего он/она хочет в
часть написания сочинения и ограничивает время на написание. Студентам нужно больше
время и возможность попрактиковаться в использовании языка с другими.
Nurbek Juraev
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111KOMPUTER LINGVISTIKASI RIVOJI VA SINTAKTIK ANALIZATOR YARATISH MASALASI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/245

Maqolada jamiyatimizda avtomatlashgan information
texnologiyalar va kompyuter muhim ahamiyat kasb etgan bir paytda, kompyuter
lingvistikasi doirasidagi izlanishlar haqida so‘z yuritilgan. Kompyuter lingvistikasi
sohasiga hissa qo‘shgan xorij va o‘zbek olimlari keltirilgan. Bundan tashqari,
ushbu sohada asosiy masalalardan biri bo‘lgan sintaktik analizator yaratishning
ahamiyati yoritib berilgan.
Mohira Raxmonova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111FRAZEOLOGIK EVFEMIK BIRLIKLAR VA ULARNING AYRIM XUSUSIYATLARI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/261

Maqolada asosan ma’nodosh va frazeologik evfemizmlar va
ularning shakllanishi, qo‘llanilishidagi o‘ziga xosliklar, shuningdek, frazeologik
birliklar qatorida graduonimiya (darajalanish)ning ayrim jihatlari xususida fikrmulohazalar bildirilgan.
Sirojiddin Turdimurodov
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111СЛОЖНОСТИ В РАЗЛИЧИИ ПАДЕЖЕЙ РУССКОГО И УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКОВ
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/277

В данной статье рассматривается общее сходство падежей, их различие и употребление в русском и узбекском языках. Автор, анализируя некоторые мнения ученых, поясняет отдельные аспекты падежей в сравниваемых языках.
Ирода ХудайбердиеваХуршида Кадирова
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-122022-11-1211GRAMMATIK MAVZULARNI O‘RGANISH JARAYONIDA O‘QUVCHILARNI FAOLLASHTIRISH
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/220

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ona tilini
o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda, tilga bo‘lgan sezgirliklarini
tarbiyalashda faollashtiradigan usullarni qo‘llash, lingvistik atamalar ma’nosini
tushungan holda nutqiga kiritish, ularning tilga bo‘lgan sezgirliklarini oshirish
haqida so‘z yuritiladi.
Xolida G‘ulomova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111INSON YOZMA NUTQIDA IDENTIFIKATSION ALOMATLARNING YUZAGA KELISHI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/236

Qo‘lyozma matnlar bo‘yicha amalga oshiriladigan
ekspertizalarda yozuvning shakliy jihatiga alohida e’tibor qaratiladi. Lingvistik
ekspertizada esa yozuvning ham shakliy, ham mazmuniy jihati inobatga olinadi.
Odatda, qo‘l yozuvi bo‘yicha amalga oshiriladigan sud-ekspertizalarida muayyan
namunalar asosida ekspert o‘z ishini boshlaydi. Biroq namunalar bo‘lmagan
holatda ekspertizani tashkil etish, xulosa berish murakkab jarayon. Bugungi kunda
yozma nutqning identifikatsion alomatlarini asolovchi metodik yondashuvlar,
tadqiqotlarning еtarli emasligi namunalarsiz lingvistik ekspertizani amalga
oshirishga to‘sqinlik qilmoqda. Maqolada ayni shu masalalar еchimini o‘rganish,
yozma nutqda identifikatsion alomatlarning paydo bo‘lishi va xoslanishi
masalalarini asoslash borasida so‘z boradi.
Kamola Musulmonova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111LINGVISTIK EKSPERTIZADA “DA’VAT” TUSHUNCHASI TAHLILI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/252

Maqolada lingvistik ekspertiza, unda tahdid mazmunli matnlar,
da’vatning semantik tabiati xususida so’z boradi. Da’vat siyosiy matn tiplarida
muhim e’tiborga molik jihat sanaladi. Da’vatning semantik tabiatini baholash,
umumiy mohiyatini yoritish xolisona ekspert xulosalarini shakllantirishga yordam
beradi.
Nargiza Soliyeva
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111IKKI TILLI PARALLEL KORPUSNING CHET TILINI O‘RGANISHDAGI AHAMIYATI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/268

Ushbu maqolada parallel korpusning tarjima nazariyasini va
amaliyotini o‘qitish uchun, undan tashqari chet tilini mustaqil ravishda yuqori
darajada o‘rganish uchun muhim dasturiy vosita ekanligi haqida so‘z boradi. Shu
bilan birga, lingvistik razmetkalangan elektron matnlar chet tilini o‘rganuvchilar
uchun qulay vosita ekanligi yoritilgan.
Iqbola Xolmonova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111CHASTOTALI USUL YORDAMIDA OMONIMIYANI ANIQLASH
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/211

Tabiiy tilni avtomatik qayta ishlash muammosi keyingi yarim
asrdan ortiq davr mobaynida dolzarb bo‘lib qolmoqda. NLP sohasining shunday
muhim muammolaridan biri semantik analizator yaratish bo’lib, u ham o’z
navbatida qator qadamlarni bosib o’tadi. Gaplarni semantik tahlil qilishda
omonimiyani aniqlash muhim ahamiyatga ega. Omonimiyani aniqlashda statistik
usullardan ham foydalaniladi. Grammatik jihatdan o’xshash bo’lgan so’z
turkumlari orasidagi omonimiyani aniqlashda chastotali usuldan foydalaniladi.
Ushbu usul omonim so’zlarni tasniflash paramertlarini ajratib olishni taqazo etadi
Xolisa Axmedova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-102022-11-1011QASHQADARYO QIPCHOQ SHEVASIGA OID FRAZEOLOGIZMLAR
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/227

Maqolada Qashqadaryo qipchoq shevasi vakillari nutqida xos
frazeologizmlar, ularning ma’no tarkibi va leksikografik tavsifi hamda qayd
qilingan frazeologizmlararo sinonimiya, antonimiya va variantdoshlik munosabati
haqida so‘z boradi.
Shoira Islomova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111АSQАR MАHKАM SHE’RIYATIDА VАTАN MАVZUSI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/243

XX asr o‘zbek sheʼriyatida Аsqar Mahkam o‘z o‘rni va o‘z
ovoziga ega sanoqli shoirlardan biri va uning yozganlari, tarjimalari shubhasiz
adabiyotimiz xazinasiga qo‘shilgan durdona asarlardan sanaladi. Ifoda va tasvir
usuli boshqalarnikiga o‘xshamaydigan shoirning olam va odamga bo‘lgan nuqtai
nazari garchi boshqa ijodkorlarning qarashlari bilan yaqin bo‘lsa ham, uning
sheʼrlaridagi poetik fikrlar, obrazlar, sheʼr sintaksisi, ijod leksikasi tamomila farq
qiladi. Biz ushbu maqolamizda shoirning vatan mavzusidagi sheʼrlarini tahlilga
tortamiz.
Muborak Qudratova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111OG‘ZAKI NUTQNING LINGVISTIK EKSPERTIZASI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/259

Mazkur maqolada fonoskopik lingvistik ekspertiza, uning
vazifalari, usullari haqida fikr yuritilgan. Fonoskopiyaning vujudga kelish tarixi
va fonoskopik lingvistik ekspertizani amalga oshirish bosqichlari haqida
mulohazalar berilgan.
Dildora Toʻrayeva
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111AMALIY FILOLOGIYA YO‘NALISHI TALABALARINING TANISHUV AMALIYOTINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMALAR
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/275

Mazkur tadqiqotda talabalarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha
universitetda olgan nazariy bilimini amaliyot bilan bog‘lash, mustahkamlash, turli
muassasalarda amaliy filologiya tarmoqlariga doir ko‘nikmalarni shakllantirish,
ularni amaliy tilshunoslik ta’limi jarayoniga, kelgusidagi faoliyatlariga
eksperimental, psixologik hamda metodik jihatdan tatbiq etish masalalari
yoritilgan.
Rafiqjon Zaripov
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-122022-11-1211TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH TIZIMLARI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/218

Globalizatsiya va raqamli axborotlashtirish jarayonida oʻzbek
tilining rivojida axborot texnologiyalari oʻta muhim oʻringa ega. Kompyuter
lingvistikasining tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing – NLP)
jarayoni va tabiiy tilning kompyuter tushunadigan til (formal) shakli yaratilishi
natijasida tilga oid masalalar (tahrir, tahlil, tarjima, elektron matnni ovozlashtirish,
ogʻzaki nutqni elektron matnga aylantirish, robot bilan muloqot qilish, yirik matnni
ixcham matnga aylantirish kabi) boʻyicha kompyuter dasturlari yaratilmoqda.
Mazkur maqolada Python dasturlash tilidagi paketlardan foydalangan holda
tabiiy tilni qayta ishlash asoslari va tizimlari borasida soʻz yuritildi.
Dilrabo Elova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111OGАHIY TАRIXIY АSАRLАRIDА INDIVIDUАL USLUB BILАN BOG‘LIQ O‘ZLАSHMАLАR
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/234

Ushbu maqolada Ogahiy tarixiy asarlaridagi qo‘llangan ayrim
o‘zlashmalarning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Muarrixning individual
uslubi bilan bog‘liq holda qo‘llangan o‘zlashma so‘zlarning tarixiy asar
lingvopoyetikasidagi o‘rni va ahamiyati tadqiq qilingan. Shu asosda Ogahiy tarixiy
asarlari leksikasining o‘zbek tili rivojidagi o‘rni ko‘rsatib berilgan
Raufjon Mahmudov
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111YANGI DAVR O‘ZLASHMALARINING SEMANTIK TARAQQIYOTI XUSUSIDA
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/250

Maqolada o‘zbek tilining mustaqillik davri o‘zlashmalari
o‘rganilgan. Shuningdek, o‘zlashmalarning mustaqillikkacha va mustaqillikdan
keyingi davrda yaratilgan izohli lug‘atlardagi holati qiyoslangan. Kuzatishlar
xulosasi izohli lug‘atda semantik evolyutsiyaning turli bosqichida bo‘lgan
o‘zlashmalar mavjudligini ko‘rsatadi.
Otabek Shukurov
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111SO‘Z BIRIKMALARINI LISONIY-SINTAKTIK QOLIPLAR ASOSIDA SINTAKTIK TEGLASH
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/266

Ushbu maqolada o‘zbek tili korpusida so‘z birikmalarining
lisoniy-sintaktik qoliplariga asoslangan sintaktik teglash tizimi va modellari tahlil
ostiga olingan.
Отабек Хидиров
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111O‘ZBEK HIKOYACHILIGIDA YANGILIK VA AN’ANA
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/209

Maqolada Ulug‘bek Hamdamning “Lola” hikoyasiga to‘xtalib
o‘tamiz. Bu yеrda yozuvchi oddiy tabiatning bir o‘simligi – Lola ishqi bilan
yonishi, hayotga intilishi, hikoyada qahramoni botinida maqsadga erishish uchun
qoyalarga tirmashishi, u yеrda sonsiz odamlarni ko‘rishi, odamlarning hammasi bir
maqsad sari intilayotganiga guvoh bo‘lashi, uning ham sonsiz odamlar orasidan
omon o‘tib, hamma talpingan manzilga yеtmoq payida tirmashib, bu yеrdagi
ramzlar, metaforalar dunyoga kelib, hikoyada uchta voqelik syujetni
yaxlitlashtiradi.
Feruza Allanazarova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-102022-11-1011O‘ZBEK TILI MILLIY KORPUSI UCHUN GEOGRAFIK TERMINLAR TIZIMI TASNIFINI AMALGA OSHIRISHGA DOIR
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/225

Maqolada o‘zbek tili geografik terminlarining ideografik
strukturasi va unda biosferaga oid terminlarning tarkibiy tuzilishi, bosqichlari
aniqlangan, ularning tasnifiy tahlili amalga oshirilgan. Biosfera va unga aloqador
tushunchalar bilan aloqador terminologik birliklar ham geografik terminlarning
ichki mikrotizimini tashkil qiladi. Ana shu mikrotizimning tarkibiy tuzilishini
aniqlash, belgilash til korpusi uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.
Ikrom Islomov
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111DASTLABKI PUNKTUATSION BELGILARNING SHAKLLANISHI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/241

Ushbu maqolada dastlab qo‘llangan punktuatsion belgilar
so‘zlarni va jumlalarni bir-biridan ajratish uchun, og‘zaki nutq bilan bog‘liq
bo‘lgan turli aksentema va melodikalarni ifodalash uchun qo‘llanilganligi yoritib
berilgan.
Ilhom Nurmurotov
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111ТИПЫ ПАРАЛЛЕЛЬНЫХ КОРПУСОВ В СООТВЕТСТВИИ С ПРИМЕНЕНИЕМ
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/257

Эта статья призвана объяснить типы параллельных корпусов и различия между ними. Кроме того, приводятся некоторые примеры из узбекского и английского языков и обсуждаются их различия.
Valisher TangriyevFeruza Pulatova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111TIL BIRLIGIDA TAQLID SO‘ZLAR
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/273

Taqlid so‘zlar haqida bugungi kunda tilshunoslikda qarashlar
har xil bo‘lib, ba’zi tilshunoslar mustaqil so‘z turkumi sifatida ham yondashmoqda.
Taqlid so‘zlarning o‘rganilishi va taqlid so‘zlarga bo‘lgan bugungi kundagi
qarashlar va tasniflashdagi farqli o‘rinlar ushbu maqolada yoritilgan. Shuningdek,
bu so‘zlar atrofdagi muhitda uchraydigan ovozlarni qayta tiklab, tovush obrazi
sifatida, predmetlar harakati tasvirini esa harakat obrazi sifatida ifodalaydi.
Dilso‘z Yo‘ldosheva
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-122022-11-1211TABASSUM – NOVERBAL ALOQA VOSITASI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/216

Maqolada tabassumning o‘zaro muloqot jarayonida o‘ziga xos
noverbal aloqa vositasi sifatidagi ahamiyati xususida so‘z yuritilgan. U orqali
yuzaga chiqadigan har qanday nutqning yuqori ta’sir kuchiga ega bo‘lishi bayon
etilgan. Shuningdek, nafaqat tilshunoslik, balki boshqa sohalar doirasida ham
birgina tabassum orqali ko‘plab muammolarni hal qilish mumkinligi turli misollar
orqali izohlangan.
Nodira Boltayeva
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-102022-11-1011КУЛЬТУРНЫЕ РАЗЛИЧИЯ СЛОВ «БЛАГОДАРНОСТЬ» И «ИЗВИНЕНИЯ» В АНГЛИЙСКОМ ЯЗЫКЕ И ИХ СООТВЕТСТВИЯМ В УЗБЕКСКОМ
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/232

В этой статье рассматривается важность изучения слов благодарность и извинение с лингвокультурной точки зрения. Выражая благодарность и извинения – это речевые акты, которые могут иметь разные функции и значение в разных общества.
Gulnoza Khidirova
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111MASHINAVIY O‘QITISH YORDAMIDA MATNLARDA NER OBYEKTLARNI TANIB OLISH METODLARI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/248

Ushbu maqolada NER tushunchasi atroflicha tahlil qilindi.
Mashinaviy o‘qitish yordamida matnlardan NER obyektlarini aniqlash bo‘yicha
muommoli vaziyatlar tadqiq qilindi.
Madina Samatboyeva
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111MUAMMOLI YOZISHMALARDA TAHDIDGA DOIR SO‘ZLARNING LINGVISTIK EKSPERTIZASI
http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/264

Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi muammoli yozishmalarning
lingvistik ekspertizasi haqida mulohazalar yuritilgan. Tahdid bildiruvchi so‘zlar va
ularning semantik darajasi haqida fikr bildirilgan.Muammoli yozishmalarning
lingvistik ekspertizasi masalasida tahlillar amalga oshirilgan.
Gulhayo UmrzaqovaDildora To‘rayeva
Copyright (c) 2022 Перспективы узбекской прикладной филологии
2022-11-112022-11-1111