Опубликован 2022-11-11
Ключевые слова
- Yozma nutq,
- ekspertiza,
- identifikatsiya,
- qo‘l yozuvi,
- lingvistik ekspertiza
- grafologiya,
- umumiy belgilar,
- xususiy belgilar,
- psixologik xoslanish,
- anatomik xoslanish,
- fiziologik xoslanish ...Больше
Как цитировать
Аннотация
Qo‘lyozma matnlar bo‘yicha amalga oshiriladigan
ekspertizalarda yozuvning shakliy jihatiga alohida e’tibor qaratiladi. Lingvistik
ekspertizada esa yozuvning ham shakliy, ham mazmuniy jihati inobatga olinadi.
Odatda, qo‘l yozuvi bo‘yicha amalga oshiriladigan sud-ekspertizalarida muayyan
namunalar asosida ekspert o‘z ishini boshlaydi. Biroq namunalar bo‘lmagan
holatda ekspertizani tashkil etish, xulosa berish murakkab jarayon. Bugungi kunda
yozma nutqning identifikatsion alomatlarini asolovchi metodik yondashuvlar,
tadqiqotlarning еtarli emasligi namunalarsiz lingvistik ekspertizani amalga
oshirishga to‘sqinlik qilmoqda. Maqolada ayni shu masalalar еchimini o‘rganish,
yozma nutqda identifikatsion alomatlarning paydo bo‘lishi va xoslanishi
masalalarini asoslash borasida so‘z boradi.