“BOBURNOMA”DA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING SIYOSIY-HARBIY FAOLIYATIGA DOIR MA’LUMOTLAR (HINDISTON FATHI MISOLIDA)

Авторы

  • Sharipov Azizjon

Ключевые слова:

Bobur, Ibrohim Lo‘diy, Panipat jangi, jangovar tartib, taktika va strategiya, Shimoliy Hindiston, Dehli sultonligi, Boburiylar saltanati.

Аннотация

Ma’lumki, Hindistonning Panjob o‘lkasi (shu jumladan Dehli ham) 1398-yilda Amir Temur tomonidan ishg‘ol qilinib, uning davlati tarkibiga kiritilgan edi. “Temur zabt etgan o‘lkalarning qonuniy vorisi” sifatida, Zahiriddin Muhammad Bobur bu viloyatlarni “yo kuch bilan yo sulh bilan” temuriylar tasarrufi ostiga qayta kiritish maqsadida Hindistonga, Dehli sultoni Ibrohim Lo‘diyga qarshi yurish qiladi va 1526-yil 21-aprelida Panipatda jang qilib g‘alaba qozonadi.
Panipat jangi nafaqat Boburiylar hayotida balki Hindiston tarixida ham o‘ta muhim voqea bo‘lgan edi. Jahon harbiy san’at tarixidan o‘rin olgan ushbu jang Boburning buyuk sarkarda sifatidagi iqtidorini yaqqol namoyon etib, unga katta shuhrat keltirdi. Mazkur jang tufayli Amir Temur va Temuriylarning jang san’atini yana bir bor Bobur misolida, butun dunyoga namoyon etishga xizmat qildi.
Ushbu maqolada muallif tomonidan Zahiriddin Muhammad Boburning Dehli sultoni Ibrohim Lo‘diy bilan Hindistonning Panipat shahri yaqinida bo‘lib o‘tgan tarixiy jangi haqida batafsil ma’lumotlar berishga harakat qilgan. “Boburnoma” va boshqa yozma manbalarga tayangan holda, ushbu jangning kelib chiqish tarixi, sabab va oqibatlari haqida to‘xtalib o‘tgan. Maqolada keltirilgan muallif tomonidan tuzgan sxematik vositalar, o‘quvchi va tarixga qiziquvchilar uchun ushbu tarixiy jang haqida tasavvur hosil qilish imkonini beradi.

Загрузки

Опубликован

2023-09-23