KOBULDA SHOH BO‘LMISHDUR HAZRATI BOBUR

Авторы

  • Azizulloh Arral

Ключевые слова:

Zahiruddin Muhammad Bobur, turk, o‘zbek, “Boburnoma”, Bobur tuzuki, Kobul, Kobuliston, shoh, shoir.

Аннотация

     Qirq yetti yillik umrining chamasi yigirma besh yili Kobul bilan bog‘liq bo‘lgan Zahiruddin Muhammad Bobur XVasr oxiri va XVI asr boshlarida Kobulning shoh shoiri sifatida nom qozongan. Zahiruddin Muhammad Bobur ota tomonidan Amir Temurga, ona tomonidan Chingizxonga yetib borishiga qaramay, u o‘zining mashhur “Bobur Tuzuki” kitobida bu ikki munosabatni eslatib o‘tadi va o‘zini Turk (O‘zbek) deb ataydi. O‘zbek Bobur o‘zbek Shayboniyxondan bir necha bor magʻlubiyatga uchragach, oʻz omadini Kobulistonda sinab koʻrish maqsadida Fargʻonadan hozirgi Afg‘oniston poytaxti bo‘lmish Kobulga ketishga majbur boʻladi.
     Bu yerda Kobul (Kobuliston) xalqi Boburni mamnuniyat bilan kutib oladi va Bobur Kobulning O‘zbek podshosiga aylanadi hamda u yerdan o‘z hukmronligini kengaytirish uchun Hindistongacha boradi. Bu jasur jahonshumul Turk/O‘zbek jahongiri zukko shoir, zabardast yozuvchi va kuchli hukmdor – shoh bo‘lgan. Bobur Kobulda shohlik tojini boshiga qo‘yganida 22 yoshida bo‘lgan va o‘shandan buyon Boburshoh deb atala boshlangan.

Загрузки

Опубликован

2023-09-23