BOBURIYLAR DAVLATIDA YERGA EGALIK QILISHNING JOGIRDORLIK TIZIMI
Ключевые слова:
Jogir, Jogirdor,Аннотация
Ushbu maqolada Buyuk Boburiylar davlati hududida yerga egalik qilishning jogirdorlik tizimi haqida qisqacha ilmiy ma’lumotlar berilgan. Buyuk Boburiylar davlatining asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) Movarounnahrni tark etganidan soʻng 1504 yili Kobulda mustahkam oʻrnashib oladi va asta-sekin oʻz davlati sarhadlarini kengaytirib borgan. Shimolda Balx va gʻarbda Qandahorni ham oʻz tasarrufiga kiritganidan soʻng Bobur Hindistonni egallash uchun harakat qilgan. 1526-yili Panipat jangida Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiy ustidan gʻolib chiqqan Bobur podshoh oʻz davlati poytaxtini Kobuldan Agaraga koʻchiradi.
Bobur podshoh Hindistonda oʻzidan avvalgi musulmon hukmdorlat tomonidan qoʻllanilgan “iqta” tizimidan voz kechib yangicha “jogir” shaklini joriy ettirgan. Bobur podshohning oʻgli Humoyun ham otasi siyosatini davom ettirgan. Ammo Boburning vafor etishi va Humoyunning Dehli taxtini tashlab chiqichi jogirlik tizimining mustahkam saqlanib qolinishini ta’minlay olmagan. Boburiyzoda Akbar podshoh va Jahongir podshohlar Bobur boshlab bergan jogirlikni keng qoʻllashga erishganlar.