ABULVAJD FORIGʻIY VA UNING ADABIY MEROSI
Ключевые слова:
Hindiston, boburiylar adabiy muhiti, Abulvajd Forigʻiy, “Devon”, zullisonayn shoir, “malik ush-shuaro”.Аннотация
Zahiriddin Muhammad Bobur sa’y-harakatlari natijasida Hindistonda shakllangan forsiy va turkiy tillariga asoslangan yangi adabiy muhit Xuroson, Movarounnahr va Erondan kelgan koʻplab ziyoli, ijodkorlarni oʻz bagʻriga oldi, ularning yetuk ijod ahli darajasiga koʻtardi. Ana shu adabiy muhitning zullisonayn vakillaridan biri – bu Shayx Abulvajd Forigʻiydir. Abulvajd Forigʻiy Bobur hukmronligi davrida Hirotdan Hindistonga kelib, e’tibor qozongan, hukmdor nazariga tushgan. Humoyun podshoh davrida “malik ush-shuaro” unvoniga sazоvor boʻlgan. Undan bizgacha forsiy va turkiy tillardagi gʻazallardan tashkil topgan “Devon”i yetib kelgan. Mazkur maqolada Abulvajd Forigʻiy va uning adabiy merosi haqida manbalar asosida ma’lumotlar umumlashtirildi.
Загрузки
Опубликован
2023-09-24