OMONIMIYA – TURKIY TILLARGA XOS SEMANTIK IMKONIYAT SIFATIDA

Авторы

  • Abdurahmonova Muqaddas

Ключевые слова:

omonimiya, omonimlar, turkum sinkretizmi, metonimiya, ma’no ko‘chishi, so‘z, leksema, semantika, lug‘aviy birlik, til imkoniyatlari.

Аннотация

Turkiy tillar qadimiy til sifatida keng semantik imkoniyatlarga ega. O‘zbek va turk tillaridagi omonimiya buning dalili sifatida xizmat qiladi. Buyuk qomusiy olimlar, mutafakkirlarning tafakkur rivojida ularning tilni o‘zlashtirish, til imkoniyatlarini anglash darajasi muhim o‘rin tutadi. Buyuk mutafakkir, shoh va shoir Zahriddin Muhammad Boburning chuqur mulohazalarida, borliqni anglash va bilish, mahorat bilan aks ettirishida til malakasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Omonimiya til hodisasi bo‘lishi bilan bir qatorda tafakkurni o‘stirish, fikrni rivojlantirish omili sifatida qaraladi. Maqolada “Boburnoma” matnidagi omonimlar semantik jihatdan tahlil qilingan, muallifning so‘z qo‘llash va til imkoniyatlaridan foydalanish mahorati ko‘rsatib berilgan.

Загрузки

Опубликован

2023-09-24