TIBBIYOT TERMINLARINING “BOBURNOMA”DA AKS ETISHI VA INGLIZCHA TARJIMALARI

Авторы

  • Teshaboyeva Ziyodaxon

Ключевые слова:

asliyat, baxshi, jarroh, yara, fatila, so‘ngak, inchka poychalar, fatila qo‘ymoq, qort chiqmoq, hasba marazi, tarjima.

Аннотация

Zahiriddin Muhamad Boburning asarlari dunyoga mashhur bo‘lib, bir necha asrlardan buyon o‘rganib kelinadi. Uning asarlarida milliy ruh bo‘lib, uning leksikasi va uslubi Markaziy Osiyodagi bitilgan boshqa asarlardan farq qiladi. Juda ko‘p ma’lumotlarni o‘zida jam etgan “Boburnoma” dunyo tillariga ko‘p marta tarjima qilingan. Jumladan, ingliz tiliga bir necha bor tarjima qilinib, ular orasida adekvat sanalgan Jon Leyden va Villiam Erskin (1826), Annetta Susanna Beverij (1921) va Vilyer Tekston (1996)ning tarjimalaridir. Qiyosiy adabiyotshunoslik, tilshunoslik va tarjimashunoslik yo‘nalishidagi tadqiqotlar mana shu uch turdagi nashrdan olib boriladi. Ushbu maqola ham mana shu uch turdagi tarjimalarda “Boburnoma”dagi tibbiyot terminlari tadqiqiga bag‘ishlangan. Unda Zahiriddin Boburning hayrat va achinish ila bayon etgan voqeiy hodisalar orqali oqibatda nima uchun? qanday qilib, qanday kasallik bilan vafot etgani tibbiy terminlar bilan tasvirlab berilgan. Mana shunday misollar orqali tibbiyot terminlarining tarjimalari maqolada ochib beriladi.

Загрузки

Опубликован

2023-09-24