ALEKSANDR MIXAYLOVICH SHCHERBAK – “ARUZ RISOLASI”NING TADQIQOTCHISI

Авторы

  • Yusupova Dilnavoz

Ключевые слова:

risola, aruz, rukn, taqti’, bahr, doira, vazn.

Аннотация

Maqolada Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub “Aruz risolasi”ning turkolog olim A.M.Shcherbak tomonidan o‘rganilishi bilan bog‘liq masalalar tadqiq qilingan. A.Shcherbakning “Boburning aruz haqidagi risolasi” (“Сочинение Бабура об арузе”) Bobur asari ilk marta ilmiy jihatdan tahlil etilgan tadqiqot bo‘lib, unda olim tadrijiylik asosida dastlab zihof, rukn, furu', so‘ngra bahr, doiralar masalasiga to‘xtalib o‘tgan. Maqola muallifining ta’kidlashicha, garchi Shcherbak tadqiqotida ayrim bahsli o‘rinlar mavjud bo‘lsa-da, ushbu tadqiqot uning tilshunos va lug‘atshunos olim bo‘lish bilan bir qatorda, mumtoz poetikaning muhim tarmog‘i bo‘lgan aruz ilmi bo‘yicha ham muayyan bilim va malakaga ega bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Загрузки

Опубликован

2023-09-24