BOBUR RUBOIYLARIDA VAZN VA QOFIYA UYG‘UNLIGI
Ключевые слова:
aruz, qofiya, hijo, rukn, qofiya turlari, qofiya harakatlari, bahr.Аннотация
Poetika ilmining bilimdoni Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy va ilmiy merosi tadqiqi adabiyotshunoslik uchun muhim vazifalardan biridir. Bobur poetika ilmiga oid risola yaratish barobarida uning amaliy natijasini asarlarida ko‘rsatib berdi. Xususan, Bobur ruboiylarida vazn va qofiya nazariyasining amaliy tatbig‘i, badiiy ifodasi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Qofiyaning vazn bilan bog‘liq besh turi va turkiy adabiyotda qo‘llanishi an’anaga aylangan uch maxsus turning Bobur ijodida ko‘p uchrashi davr adabiy muhitini ko‘rsatuvchi muhim omil sifatida e’tiborga molik. Shu jihatdan shoirlar asarlarining tahlil va tadqiqi muhim ahamiyatga ega. Maqolada shoirning ruboiylari tahlilga tortiladi, ularning vazniy va qofiya imkoniyatlari tadqiq etiladi.
Загрузки
Опубликован
2023-09-24