BOBUR – SEMANTIKANING SOHIR BILIMDONI

Авторы

  • Xolmanova Zulxumor

Ключевые слова:

lug‘aviy birlik, semantika, semantik imkoniyat, leksema, sema, semema, so‘z, turkiy so‘z, ma’no torayishi, olam manzarasi, lisoniy qobiliyat, lingvistik kompetensiya.

Аннотация

Bobur shaxsiyati va Bobur ijodining mashhurligini ta’minlovchi bir qator omillar mavjud. Shulardan biri ijodkorning lug‘aviy birliklar ma’nosini teran anglagani va nuktadonlik bilan qo‘llaganidir. Olam manzarasi, real voqelik, tarixiy shaxslar qiyofasi, fe’l-atvorini bildiruvchi so‘z va iboralar Bobur davri eski o‘zbek tilining semantikasi va lug‘aviy imkoniyatlarini namoyon etadi. Boburning lisoniy qobiliyati, lug‘aviy birliklar semantikasini o‘zlashtirgani hamda tizma yaxlitlikda ifodalay olgani asarlari, xususan, “Boburnoma” tilining jozibadorligi va betakrorligini ta’minlagan.
Maqolada “Boburnoma” matniga xos bo‘lgan bir qator lug‘aviy birliklar tahlili orqali muallifning semantika bilimdoni, teran idrok sohibi sifatidagi qobiliyati ochib berilgan.

Загрузки

Опубликован

2023-09-25