“BOBURNOMA”NING ELEKTRON PLATFORMASINI YARATISH – DAVR TALABI

Авторы

  • Muhammadiyeva Dilafruz

Ключевые слова:

Zahiriddin Muhammad Bobur, “Boburnoma”, korpus, elektron platforma, razmetkalash, teglash, qo‘lyozma, tarjima, sayt, sunʼiy intellekt, matn korpusi, maʼlumotlar bazasi .

Аннотация

Ushbu maqolada “Boburnoma”ning mukammal korpusini yaratish tamoyillari haqida so‘z yuritiladi. Boburshunoslikda erishilgan yutuqlarni bir joyga to‘plash, muammolarni belgilash, uning dunyo madaniyati taraqqiyotidagi o‘rnini ko‘rsatish, Bobur shaxsi, faoliyati, ijodiga dunyo miqyosidagi qiziqishning ortib borayotganligi, boburshunoslikda yangi tadqiqotlarning yuzaga kelayotgani ushbu korpusni yaratishni taqozo etadi. Bobur hayoti va faoliyatiga oid elektron-maʼlumotlar bazasini yaratish, sunʼiy intellekt asosida matnlarni qayta ishlash; “Boburnoma” tarjimalariga oid parallel matnlar korpusini tuzish, turli belgilar asosida qidiruvni amalga oshirish, “Boburnoma” matnining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maʼrifiy xususiyatlarini izohlash; keyingi avlodga boburshunoslikka oid o‘zbek, turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, rus, ingliz, nemis, fransuz tilida amalga oshirilgan tarjimalar, tadqiqotlarni o‘rganish zarurati “Boburnoma” korpusini yaratishga asos bo‘lishi tahlil qilingan.

Загрузки

Опубликован

2023-09-25