ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING JAHON QO‘LYOZMA FONDLARIDAGI ASARLARI HAQIDA
Ключевые слова:
Bobur, qo‘lyozma, devon, matn, manbashunoslik, katalog, tavsif.Аннотация
Maqolada qo‘yilayotgan ilmiy muammo Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari qo‘lyozmalarining dunyo bo‘ylab tarqalishi, ularning miqdori, hozirgi kundagi holatlari, qaysi jihatlardan o‘rganilganliklari haqidadir. Maqsad va vazifalari esa bu buyuk ijodkorning ilmiy-adabiy merosi, jumladan qo‘lyozmalari haqida yaxlit va atroflicha ma’lumotga ega bo‘lish, lozim bo‘lgan taqdirda ma’lumotlar bazasini yaratish kerakligi haqida fikrni ilgari surishdir. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari qo‘lyozmalarining jahon va O‘zbekiston kitob fondlaridagi miqdori, ularning saqlanish o‘rinlari, ular bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tavsiflar va nashr etilgan kataloglar haqida so‘z yuritiladi. Bobur asarlari qo‘lyozmalarining dunyo kitob fondlaridagi aniq adadi, holati va ilmiy tavsiflari borasida to‘xtalib o‘tilgan. Uning devoni va “Aruz risolasi” qo‘lyozmalari nusxalarini o‘zaro qiyoslagan holda mukammal ravishdagi yig‘ma-qiyosiy matnni yuzaga keltirish kerakligi ham ta'kidlangan.