“BOBURNOMA’’DA” KELTIRILGAN ANTROPONIMLARNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ключевые слова:
BoburnomaАннотация
Tarixdan maʻlumki, Oʻrta Osiyo dunyoga koʻplab mutafakkir olimlarni, shoirlarni va jahongashta sarkardalarni yetkazib berdi. Mumtoz inson, tariximizning eng murakkab, eng jozibador, eng buyuk siymolaridan biri Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo bor yoʻgʻi qirq yetti yillik qisqa umri davomida jahon tarixidan shavkatli oʻrin olib ulgurdi. Zahiriddin Muhammad Bobur shu taxtga oʻtirgan kundan to vafotiga qadar koʻrgan-kechirganlarini «Vaqoye»(Bu asar boshqa manbalarda «Voqeoti Boburiy», «Tuzuki Boburiy», «Tavorixi Boburiy», «Boburiya» kabi nomlar bilan ham yuritiladi. Keyinchalik uni «Boburnoma» deyish rasm boʻlib qolgan ) siga yozib boradi. Uning nafis gʻazal va ruboiylari turkiy sheʻriyatining eng nodir durdonalari boʻlib, «Mubayyin» («Bayon etilgan»), «Xatti Boburiy», «Harb ishi», Aruz haqidagi risolalasi esa islom qonunshunosligi, sheʻriyat va til nazariyasi sohalariga munosib xissa boʻlib qoʻshildi.