“ALPOMISH” VA “BOBURNOMA”DAGI ONOMASTIK BIRLIKLAR TAHLILI MASALASI
Ключевые слова:
Alpomish, BoburnomaАннотация
Onomаstikа (yun. onomastike – nomlash, nom qo‘yish sanʼati) – tilshunoslikning har qanday atoqli nomlarni, ularning paydo bo‘lish va o‘zgarish tarixini o‘rganuvchi bo‘limi, shuningdek, barcha atoqli nomlar yig‘indisi. Аyrim tadqiqotlarda “Onomastika” termini antroponimika maʼnosida ham qo‘llangan. Onomastika mavjud onomastik tizimlarni aniqlash va o‘rganishni maqsad qilib qo‘yadi. Onomastika atoqli nomlarni olgan obyektlarning toifalariga muvofiq quyidagi bo‘limlardan iborat: antroponimika – kishilarning atoqli nomlarini; toponimika – geografik obyektlarning atoqli nomlarini; teonimika – turli diniy tasavvurlar bo‘yicha xudolar, maʼbudlar, diniy-afsonaviy shaxs va mavjudotlarning nomlarini; zoonimika – hayvonlarga qo‘yilgan (shartli) atoqli nomlarni; fitonimika – o‘simliklar olamiga oid nomlar, kosmonimika – fazoviy bo‘shliq hududlari, galaktikalar, burjlar va boshqalarning ilmiy muomalada va xalq orasida tarqalgan nomlarini; astronimika – ayrim osmon jismlari (planeta va yulduzlar)ning nomlarini o‘rganadi. Onomastikaning yuqoridagilardan tashqari yana bir qancha bo‘limlari bor. Onomastika atoqli nomlarni realionimlar (avval yoki hozir mavjud bo‘lgan obyektlarning nomlari) va mifonimlar (xayoliy-to‘qima obyektlarning nomlari)ga bo‘ladi.