COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences en-US Sat, 09 May 2026 00:00:00 +0500 OJS 3.3.0.4 http://blogs.law.harvard.edu/tech/rss 60 METAMA’LUMOTLARNI EKSTRAKSIYA QILISH BO‘YICHA MAVJUD YECHIMLAR https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1249
Ushbu maqolada akademik maqolalardan metama’lumotlarni avtomatik ekstraksiya qilish sohasidagi mavjud yechimlar evolyutsion rivojlanish nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Qoidalarga asoslangan tizimlar, an’anaviy mashinaviy o‘rganish modellari (SVM, HMM, Random Forest) va chuqur o‘rganish asosidagi yechimlar (CNN, RNN, LSTM, transformer arxitekturalari) o‘rtasida qiyosiy tahlil o‘tkaziladi. GROBID, CERMINE, Science Parse, Anystyle va ParsCit kabi ochiq kodli tizimlarning imkoniyatlari va cheklovlari batafsil yoritiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qoidalarga asoslangan tizimlar ma’lum formatlarda yuqori aniqlik ko‘rsatsa-da, moslashuvchanligi pastligi bilan ajralib turadi. An’anaviy mashinaviy o‘rganish modellari nisbatan moslashuvchan bo‘lsa-da, sifatli o‘quv ma’lumotlariga bog‘liq. Chuqur o‘rganish asosidagi tizimlar kontekstual va semantik xususiyatlarni o‘rganish qobiliyati tufayli murakkab hollarda barqaror natijalar beradi (masalan, psevdo-kodlarni ajratishda 94.23% aniqlik). Biroq, barcha mavjud tizimlar turli formatlar, skanerlangan hujjatlar va ko‘p tilli maqolalarda universal va barqaror natijalar bera olmaydi.
Rashid Turg‘unboyev Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1249 Sun, 31 May 2026 00:00:00 +0500 MORFOLOGIK TAHLIL MUAMMOLARI VA ULARNING YECHIMLARI https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1265
Mazkur maqola o‘zbek tili morfologik tahlilining nazariy asoslari va uning tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) sohasidagi zamonaviy muammolariga bag‘ishlangan. Maqolada tilshunoslikning klassik metodlari va raqamli texnologiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilinib, agglyutinativ tillarga xos bo‘lgan omonimiya, o‘zak variativligi va murakkab so‘z shakllari tahlilidagi to‘siqlar ko‘rsatilgan. Tadqiqotda chekli holatlar texnologiyasi (FST), neyron tarmoqlari va katta til modellarining (LLM) o‘zbek tili morfologiyasini avtomatlashtirishdagi o‘rni yoritilgan. Maqolada morfologik tahlil sifatini oshirish uchun lingvistik qoidalar va statistik modellarni birlashtirgan gibrid yondashuv hamda milliy annotatsiya standartini joriy etish zarurligi ilmiy asoslangan hamda o‘zbek tilining global raqamli ekotizimdagi nufuzini oshirishi dalilangan.
Barno Islomova Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1265 Sun, 31 May 2026 00:00:00 +0500 O‘ZBEK TILI MАTNLАRIDА IMLO XАTOLАRINI АNIQLАSH VА TUZАTISHNING ZАMONАVIY USULLАRI https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1240
Ushbu mаqolаdа imloviy xаtolаr bir nechа guruhlаrgа аjrаtilib, ulаrning yuzаgа kelish sаbаblаri izohlаnаdi. Shuningdek, xаtolаrni аniqlаshdа qo‘llаnilаdigаn turli yondаshuvlаr – оddiy lug‘аviy tekshiruvdаn tortib, tаhrir mаsofаsigа аsoslаngаn аlgoritmlаr, stаtistik modellаr vа kontekstni hisobgа оluvchi zаmonаviy sun’iy intellekt yechimlаri qiyosiy jihаtdаn ko‘rib chiqilаdi. Tаhlillаr shuni ko‘rsаtаdiki, аlohida оlingаn metodlаr bаrchа turdаgi xаtolаrni to‘liq qаmrаb оlоlmаydi. Shu sаbаbli, bir nechtа usullаrni о‘zidа birlаshtirgаn integrаtsiyаlаshgаn yondаshuv аmаliy jihаtdаn sаmаrаliroq nаtijа berаdi. Tаdqiqot nаtijаlаri о‘zbek tilidа ishlovchi imlo tekshiruv tizimlаrini ishlаb chiqish, mаtnlаrni аvtomаtik qаytа ishlаsh jаrаyonlаrini оptimаllаshtirish hаmdа sun’iy intellekt аsosidаgi lingvistik texnologiyаlаrni rivojlаntirish uchun nаzаriy vа аmаliy аsos bo‘lib xizmаt qilаdi.
Botir Elov, Nаzirа Sоbirоvа Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1240 Sat, 30 May 2026 00:00:00 +0500 O‘ZBEK TILI FONOLOGIYASIDA URG‘UNI MODELLASHTIRISH https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1256
Maqolada o‘zbek tilining urg‘u tizimi fonologik va prosodik birlik sifatida tahlil qilinadi. Urg‘uning fonetik mohiyati, uning so‘z va gap darajasida bajaradigan vazifalari, shuningdek, dinamik va statik urg‘u tizimlari o‘rtasidagi farqlar yoritiladi. Urg‘uning nutq madaniyati, lug‘atchilik va o‘zlashma so‘zlar talaffuzidagi o‘rni ko‘rsatilib, mavjud muammolar ilmiy jihatdan asoslanadi. Shuningdek, maqolada urg‘uni kompyuter lingvistikasida, xususan, G2P (Grapheme-to-Phoneme) modellarida modellashtirish masalalari tahlil qilinadi.
Shahlo Xamroyeva, Gulshaxnoz Maxmudjonova Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1256 Sun, 31 May 2026 00:00:00 +0500 АGGLYUTINАTIV TILLАRDА IMLО XАTОLАRINI АVTОMАTIK АNIQLАSH VА TUZАTISH (О‘ZBEK TILI MISОLIDА) https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1272
Tаbiiy tilni qаytа ishlаsh (Nаturаl Lаnguаge Prоcessing, NLP) sоhаsining muhim yо‘nаlishlаridаn biri mаtnlаrdаgi imlоviy xаtоlаrni аvtоmаtik аniqlаsh vа tuzаtishdir. Аyniqsа, аgglyutinаtiv tuzilishgа egа bо‘lgаn о‘zbek tilidа bu mаsаlа murаkkаb hisоblаnаdi, chunki sо‘zlаr kо‘plаb qо‘shimchаlаr оrqаli shаkllаnаdi. Ushbu mаqоlаdа о‘zbek tilidаgi imlо xаtоlаrini аniqlаsh vа tuzаtish аlgоritmlаri, ulаrning ishlаsh prinsiplаri hаmdа zаmоnаviy mаshinаviy о‘qitish yоndаshuvlаri tаhlil qilinаdi. Tаdqiqоtdа lug‘аtgа аsоslаngаn usullаr, Levenshtein mаsоfаsi аlgоritmi, N-grаm mоdellаri vа neyrоn tаrmоqlаrgа аsоslаngаn kоntekstuаl yоndаshuvlаr kо‘rib chiqildi. Nаtijаdа о‘zbek tili uchun gibrid аlgоritm eng sаmаrаli yоndаshuv ekаnligi аsоslаb berildi.
Nаzirа Sоbirоvа Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1272 Sun, 31 May 2026 00:00:00 +0500 SAVOL GENERATSIYASIDA MATN TUZILISHI VA SAVOLNI SHAKLLANTIRUVCHI OMILLAR XUSUSIDA https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1247
Mazkur tezisda savol generatsiyasi jarayonida matn tuzilishining o‘rni va savolni shakllantiruvchi asosiy lingvistik omillar tahlil qilinadi. Unda gapning sintaktik qurilishi, morfologik ko‘rsatkichlar hamda semantik bog‘lanishlarning savol hosil qilishdagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqotda savol generatsiyasi faqat deklarativ gapni so‘roq shakliga aylantirish jarayoni emas, balki matndagi axborot markazini aniqlash, uning grammatik va mazmuniy munosabatlarini to‘g‘ri talqin qilish bilan bog‘liq murakkab jarayon sifatida qaraladi. O‘zbek tilining agglyutinativ xususiyatlari savol shakllanishida morfologik tahlilning muhimligini ko‘rsatadi. Natijada sintaktik, morfologik va semantik omillarni kompleks tahlil qilish savol generatsiyasi sifatini oshirishga xizmat qilishi asoslanadi.
Shahlo Xamroyeva, Iroda Nasriddinova Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1247 Sat, 30 May 2026 00:00:00 +0500 IJTIMOIY TARMOQLAR, OAV VA TELEGRAM UCHUN SENTIMENT, MAVZU VA TREND MONITORING NLP PLATFORMASI https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1263
Ushbu tezisda ijtimoiy tarmoqlar, OAV va Telegram uchun sentiment, mavzu va trend monitoringini amalga oshiruvchi NLP platformasining arxitekturasi va texnik yechimlari taqdim etilgan. Platforma real vaqt rejimida ma’lumot yig‘ish, XLM-RoBERTa asosidagi sentiment tahlil, BERTopic yordamida mavzu modellash va PELT algoritmi orqali trend aniqlash modullarini o‘z ichiga oladi. Tizim o‘zbek va rus tillarini qo‘llab-quvvatlab, kuniga 100,000 dan ortiq xabarni qayta ishlash imkonini beradi. Natijalar sentiment tahlilida 88% F1-score va 5 daqiqadan kam trend aniqlash kechikishini ko‘rsatadi.
Qodir Rizvanov Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1263 Sun, 31 May 2026 00:00:00 +0500 TABIIY TILNI QAYTA ISHLASHDA PREDIKAT – ARGUMENT MODELI https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1238
Ushbu maqolada tabiiy tilni qayta ishlashda predikat–argument modelining nazariy asoslari, qo‘llanilish sohalari va ahamiyati tahlil qilinadi. Modelning Semantic Role Labeling, axborotni ajratib olish, savol-javob tizimlari hamda mashina tarjimasidagi o‘rni keng yoritiladi. Shuningdek, predikat va argument o‘rtasidagi semantik munosabatlarning tilni tushunish jarayonidagi roli ochib beriladi. Maqolada modelning ijobiy jihatlari bilan bir qatorda uning kamchiliklari, jumladan, diskurs darajasidagi munosabatlarni ifodalashdagi muammolar, kontekst va pragmatik omillarni hisobga olishdagi kamchiliklar ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, PropBank, AMR va UMR kabi zamonaviy semantik reprezentatsiya tizimlarining predikat–argument modeliga asoslanib rivojlanganligi ta’kidlanadi.
Shahlo Xamroyeva Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1238 Sat, 30 May 2026 00:00:00 +0500 O‘ZBEK TILIDAGI MATNLARDA SENTIMENT TAHLIL: SINFLAR NOMUTANOSIBLIGI MUAMMOSI VA MA’LUMOTLARNI SUN’IY KO‘PAYTIRISH (DATA AUGMENTATION) USULLARI https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1254
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi matnlarda emotsiyalarni aniqlash ma’lumotlar to‘plamida (datasetda) uchraydigan sinflar nomutanosibligi (class imbalance) muammosi va uni ma’lumotlarni sun’iy ko‘paytirish (Data Augmentation) usullari orqali bartaraf etish masalalari o‘rganilgan. O‘zbek tilining agglyutinativ va kam resursli (low resource) tillar guruhiga kirishi sababli, xorijiy tillarga mo‘ljallangan standart yondashuvlarni qo‘llashdagi qiyinchiliklar tahlil qilingan. Ma’lumotlar bazasining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari asosida, ayniqsa kam sonli sinflarning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan.
Botir Elov, Feruza Olimjanova Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1254 Sun, 31 May 2026 00:00:00 +0500 JAHON TAJRIBALARIDA NERNI ANIQLASH METODLARI https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1270
Ushbu maqolada tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing – NLP) sohasi, uning nazariy asoslari hamda amaliy yo‘nalishlari keng yoritiladi. NLP informatika va sun’iy intellektning muhim bo‘limi sifatida inson tilini kompyuterlar tomonidan tushunish va qayta ishlash imkonini yaratadi. Tadqiqotda NLP ning asosiy vazifalari sifatida axborotni indekslash, axborotni qidirish, matnlarni tasniflash, avtomatik tarjima, savol-javob tizimlari va matn generatsiyasi kabi yo‘nalishlar tahlil qilinadi. Ayniqsa, axborot ekstraksiyasi (Information Extraction) va Named Entity Recognition (NER) texnologiyasining ahamiyati alohida ko‘rib chiqiladi. NER tizimlarining rivojlanish bosqichlari, qoidaga asoslangan va leksik yondashuvlari, shuningdek, CoNLL-2003 va WNUT-2017 kabi keng qo‘llaniladigan datasetlar tavsiflanadi. Tadqiqotda NER ning tuzilmagan matnlardan strukturaviy axborotni ajratib olishdagi roli ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy NLP tizimlarining transformatsion arxitekturasi va ularning bosqichma-bosqich ishlash prinsiplari ham yoritilgan. Maqola natijalari NLP va NER texnologiyalarining zamonaviy axborot tizimlaridagi muhim o‘rnini ko‘rsatadi.
Madina Samatboyeva Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1270 Sun, 31 May 2026 00:00:00 +0500 QORAQALPOQ TILI MORFOANNOTATORINI YARATISH ASOSLARI https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1245
Maqolada qoraqalpoq korpus lingvistikasi sohasida muhim masala bo‘lgan avtomatik morfologik annotatsiyalovchi dastur yaratish, bunda, FST, Foma (chekli avtomatik transdyuserlar)lardan unumli foydalanish haqida so‘z boradi. Maqolada qoraqalpoq tili morfologiyasini avtomatlashtirishning metodologik asosi va dastlabki prototipi berib o‘tilgan.
Aziz O‘temisov Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1245 Sat, 30 May 2026 00:00:00 +0500 BIG DATA TEXNOLOGIYALARIDA N-GRAM MODELLAR, INDEKSLASH VA REAL VAQTLI TAHLIL USULLARINING QO‘LLANILISHI https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1261
Ushbu maqolada BigData muhitida keng qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar – N-gram modellar, Elasticsearch asosidagi matnni indekslash, Apache Kafka yordamida real vaqtli matn oqimlarini qayta ishlash, NoSQL ma’lumotlar bazalarida o‘zbek matnli lug‘atlarni saqlash hamda bulut muhitida matn tahlili xizmatlarining o‘rni va amaliy ahamiyati yoritilgan. Mazkur texnologiyalar katta hajmdagi matnli ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash, qidirish, tahlil qilish va real vaqt rejimida qaror qabul qilish jarayonlarini optimallashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada har bir texnologiyaning ishlash printsipi va ularning BigData ekotizimidagi o‘zaro bog‘liqligi ilmiy jihatdan tahlil qilingan.
Mastura Primova Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1261 Sun, 31 May 2026 00:00:00 +0500 IBORALARNI AVTOMATIK TARJIMA QILISHDA MODELLASHTIRISHNING AHAMIYATI https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1252
Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslik va kompyuter lingvistikasining eng dolzarb muammolaridan biri – iboralarni avtomatik tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan muammolar tizimli tahlil qilinadi. NLP doirasida mashina tarjimasi tizimlarini takomillashtirish hamda parallel korpuslarni yaratish jarayonida iboralarning to‘g‘ri va mos tarjimasini ta’minlash dolzarb vazifalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishiga qaramay, iboralarning ko‘chma ma’no qatlamlarini va milliy-madaniy bo‘yoqdorligini mashina tarjimasida toʻgʻri aks ettirish masalasi hamon murakkabligicha qolmoqda.
Manzura Abjalova, Sarvinoz Sharipova Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1252 Sun, 31 May 2026 00:00:00 +0500 О‘ZBEK TILIDАGI IJОBIY, SАLBIY VА NEYTRАL FIKRLАRNING LINGVISTIK XUSUSIYАTLАRI VА SENTIMENT TАHLIL MUАMMОLАRI https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1268
Mаzkur mаqоlаdа о‘zbek tilidа sentiment bаhоni аniqlаsh mаsаlаsi lingvistik nuqtаi nаzаrdаn tаhlil qilinаdi. Tаdqiqоt dоirаsidа sentiment tаhlil tushunchаsi, uning аsоsiy kаtegоriyаlаri – ijоbiy, sаlbiy vа neytrаl fikrlаr mоhiyаti yоritilаdi. Shuningdek, о‘zbek tilining аgglutinаtiv tuzilishi, mоrfоlоgik bоyligi, inkоr shаkllаrining xilmа-xilligi hаmdа kоntekstgа bоg‘liqlik kаbi оmillаr sentimentni аniqlаsh jаrаyоnigа qаndаy tа’sir kо‘rsаtishi ilmiy аsоsdа tаhlil qilinаdi. Mаqоlаdа, аyniqsа, ijtimоiy tаrmоqlаr vа nоrаsmiy mаtnlаrdа uchrаydigаn imlо xаtоlаri, qisqаrtmаlаr, slаng birliklаr hаmdа cоde-switching hоlаtlаri sentiment tаhlil jаrаyоnini murаkkаblаshtiruvchi аsоsiy оmillаr sifаtidа kо‘rib chiqilаdi. Bundаn tаshqаri, neytrаl sinfni аniqlаshdаgi qiyinchiliklаr hаm аlоhidа muаmmо sifаtidа yоritilаdi. Tаdqiqоt nаtijаlаri о‘zbek tilidа sentiment tаhlilni sаmаrаli аmаlgа оshirish uchun lingvistik xususiyаtlаrni chuqur hisоbgа оlish zаrurligini kо‘rsаtаdi. Mаqоlаdа keltirilgаn tаhlillаr kelgusidа о‘zbek tiligа mоs sentiment tаhlil mоdellаrini ishlаb chiqish uchun nаzаriy аsоs bо‘lib xizmаt qilаdi.
Mаlikа Suyunоvа Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1268 Sun, 31 May 2026 00:00:00 +0500 KINOYA VA SARKAZMNING NUTQIY AKTLAR NAZARIYASIDAGI O‘RNI https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1243
Maqola kinoya va sarkazmning nutqiy aktlar nazariyasidagi o‘rni, kommunikativ vazifalari hamda ularni pragmatik jihatdan tahlil qilishning zamonaviy usullarini tahliliga bag’ishlangan. Sarkazm faqatgina ijobiy so‘zni salbiy ma’noda ishlatish degani emas, balki u matn ostida yashirin ma’noni ifodalovchi murakkab jarayon bo‘lib, uni anglash uchun suhbatdoshlar o‘rtasidagi avvalgi muloqot va umumiy vaziyatga tayanish kerak. Kinoya va sarkazm ko‘pincha so‘zma-so‘z ma’noga mutlaqo zid bo‘lgan yashirin niyatni ifodalaydi va u mazah qilish yoki tanqidni yumshatish kabi ijtimoiy-pragmatik vazifalarni bajaradi. Tadqiqot kinoya va sarkazm qanday maqsadda ishlatilishi va u odamlarga qanday ta’sir qilishini zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida tushuntirib berishdan iborat. Maqolada xorijiy olimlarning sun’iy intellekt (CNN, LSTM, BERT) yordamida olib borilgan so‘nggi tadqiqotlari o‘rganildi va o‘zaro taqqoslandi.
Muqaddas Abdurahmanova, Muslima Salohiddinova Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1243 Sat, 30 May 2026 00:00:00 +0500 O‘ZBEK TILIDA FEYK VA MANIPULYATIV AXBOROTNI ANIQLASHDA FEVER VA LINGVISTIK MARKERLAR ASOSIDAGI GIBRID YONDASHUV https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1259
Global axborotlashuv va raqamli kommunikatsiyalar rivojlangan hozirgi davrda ijtimoiy tarmoqlar, xususan Telegram messenjeri orqali manipulyativ va feyk axborotlarning keng tarqalishi milliy axborot xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda. Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi bunday xabarlarni avtomatik aniqlash samaradorligini oshirish maqsadida FEVER (Fact Extraction and VERification) metodologiyasini lingvistik markerlar bilan sintez qilishga asoslangan yangi gibrid yondashuv taklif etiladi. Tadqiqot davomida klassik faktcheking tizimlarining agglyutinativ tillardagi, xususan, o‘zbek tilidagi morfologik va sintaktik cheklovlari tahlil qilinib, muammoni hal etish uchun morfologik, leksik, sintaktik va pragmatik sathlardagi manipulyativ indikatorlarni hisobga oluvchi matematik model ishlab chiqilgan. Taklif etilayotgan model axborotning haqqoniyligini nafaqat tashqi manbalardagi dalillar (evidence) asosida, balki matnning ichki stilometrik xususiyatlari orqali ham baholaydi. Maqolada manipulyatsiya indikatorlarining iyerarxik tasnifi ishlab chiqilgan va "UzFEVER" milliy korpusini shakllantirish bo‘yicha kengaytirilgan annotatsiya sxemasi bayon etilgan. Tadqiqot natijalari faktologik verifikatsiya va lingvistik markerlar integratsiyasi dezinformatsiyani topish aniqligini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatadi. Mazkur gibrid yondashuv raqamli media muhitini sog‘lomlashtirishda muhim amaliy ahamiyatga ega.
Feruza Kuryazova Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1259 Sun, 31 May 2026 00:00:00 +0500 UZWORDNET ONTOLOGIYASINING ARXITEKTURASI VA MA’LUMOTLAR MODELI https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1250
Maqolada o‘zbek tili uchun WordNet tipidagi leksik-semantik resurs (UzWordNet) arxitekturasi tahlil qilingan. O‘zbek tilining agglyutinativ xususiyatlarini hisobga olib, moslashtirilgan ontologik model ishlab chiqilgan. Natijada sinset, lemma, so‘z turkumi va gloss kabi ma’lumotlarni birlashtiruvchi, 3000 sinset, 10000 lemma va 10 turdagi semantik munosabatni qamab oluvchi ko‘p qatlamli model taklif etilgan.
Botir Elov, Aynura Axmedova Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1250 Sun, 31 May 2026 00:00:00 +0500 FORMAL GRAMMATIKADA VALENTLIK MUNOSABATLARINING O‘RGANILISHI https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1266
Ushbu maqolada jahon tilshunosligida formal grammatika doirasida tilning sintaktik strukturasi va semantik bog‘liqligini modellashtirish jarayonida so‘zlar o‘rtasidagi valentlik munosabatlarining tadqiqi masalasi haqida fikr yuritiladi. Leksik birliklarning valentligi – bu uning boshqa so‘zlar bilan sintaktik va semantik aloqaga kirishish, gap strukturasida muayyan o‘rinlarni band qilish hamda nutqiy jarayonda mazmuniy butunlikni hosil qilish qobiliyatidir. Shuningdek, valentlikning nafaqat grammatik, balki chuqur semantik-sintaktik tabiatga ega ekanligi, tillarning formal modelini yaratishdagi ahamiyati, Tobelanish grammatikasida valentlik munosabatlarining o‘rni masalasi tahlilga tortilgan.
Madina Jo‘raqulova Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1266 Sun, 31 May 2026 00:00:00 +0500 О‘ZBEK TILIDАGI MАTNLАRDА SENTIMENT BАHОNI АNIQLАSH UCHUN KОNSEPTUАL MОDEL https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1241
Mаzkur mаqоlаdа sentiment tаhlil mоdellаrining rivоjlаnishi vа ulаrning о‘zbek tilidаgi mаtnlаrni tаhlil qilishdаgi qо‘llаnilishi о‘rgаnilаdi. Tаdqiqоt dоirаsidа аn’аnаviy mоdellаr (leksik yоndаshuvlаr, Nаive Bаyes, Suppоrt Vectоr Mаchine) hаmdа zаmоnаviy chuqur о‘rgаnish mоdellаr (LSTM, BERT) tizimli rаvishdа tаhlil qilinаdi. Hаr bir mоdelning ishlаsh prinsipi, аfzаlliklаri vа kаmchiliklаri sоlishtirilib, ulаrning sentiment tаhlil jаrаyоnidаgi sаmаrаdоrligi bаhоlаnаdi. Tаhlil nаtijаlаri shuni kо‘rsаtаdiki, аn’аnаviy mоdellаr tezkоr vа sоddа bо‘lishigа qаrаmаy, ulаr mаtnning kоntekstuаl vа semаntik xususiyаtlаrini yetаrli dаrаjаdа hisоbgа оlmаydi. Chuqur о‘rgаnish mоdellаr esа, аyniqsа trаnsfоrmer аsоsidаgi BERT mоdeli, kоntekstni chuqur tаhlil qilishi оrqаli yuqоri аniqlikni tа’minlаydi. Shu bilаn birgа, о‘zbek tilining аgglyutinаtiv tuzilishi, inkоr shаkllаri vа mоrfоlоgik murаkkаbligi sentiment tаhlilni аmаlgа оshirishdа аlоhidа yоndаshuvni tаlаb qilаdi. Mаzkur mаqоlа nаtijаlаri о‘zbek tilidа sentiment tаhlil mоdellаrini tаnlаsh vа tаkоmillаshtirish uchun nаzаriy аsоs bо‘lib xizmаt qilаdi.
Botir Elov, Malika Suyunоvа Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1241 Sat, 30 May 2026 00:00:00 +0500 O‘ZBEK TILIDA QO‘SHMA GAP STRUKTURALARI https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1257
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi qo‘shma gaplarning struktur modellarini tizimli ravishda o‘rganish masalasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda qo‘shma gaplar uch asosiy turga – ergashgan, bog‘langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarga ajratilib, har bir tur uchun formal-struktur modellar ishlab chiqilgan. Modellar sintaktik komponentlarning (ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol) kombinatsiyasi asosida jadval ko‘rinishida ifodalangan. Ushbu yondashuv qo‘shma gaplarning formal-funksional xususiyatlarini aniqlash bilan birga, ularni kompyuter lingvistikasi doirasida avtomatik tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Oqila Abdullayeva, Fotima O‘tkirova Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1257 Sun, 31 May 2026 00:00:00 +0500 O‘ZBEK TILIDA SENTIMENT TAHLILI UCHUN AVTOMATLASHTIRILGAN LEKSIK RESURS YARATISH https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1273
Ushbu maqolada o‘zbek tili agglyutinativ tabiatini hisobga olgan holda sentiment tahlili uchun avtomatlashtirilgan lug‘at yaratish metodologiyasi ishlab chiqilgan. Tadqiqotda 10 000 ta gapdan iborat uch qatlamli (axborot, ijtimoiy va rasmiy matnlar) korpusini shakllantirish, mBERT va GPT modellarini qo‘llash hamda Word2Vec va PMI statistik metodlari orqali leksik birliklarning hissiy koeffitsiyentini [-1; +1] oralig‘ida hisoblash bosqichlari ko‘rsatib o‘tilgan. Taklif etilayotgan avtomatlashtirilgan tizim an’anaviy qo‘lda shakllantiriladigan lug‘at yaratish jarayoniga nisbatan vaqt unumdorligini 1000 baravardan ortiqroqqa oshirishi va tahlil aniqligini 85% gacha yetkazishi asoslab berilgan.
Gulshoda Abdumalikova Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1273 Sun, 31 May 2026 00:00:00 +0500 NLP’DA SINTAKTIK TAHLILNING O‘RNI https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1248
Tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing – NLP) sun’iy intellektning eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, inson tilini kompyuter yordamida qayta ishlash, tushunish va generatsiya qilish masalalarini o‘rganadi. Zamonaviy NLP tizimlari avtomatik tarjima, matn tahlili, savol-javob tizimlari, chatbotlar va axborot qidiruv tizimlarida keng qo‘llanmoqda. Ushbu tizimlarning samaradorligi esa til birliklari o‘rtasidagi grammatik va semantik munosabatlarni to‘g‘ri aniqlashga bog‘liq. Mazkur maqolada o‘zbek tili matnlarini avtomatik sintaktik tahlil qilishning va sintaktik analizatorlarni yaratishning NLPda tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Sintaktik analizatorlarning samaradorligi va aniqligi bevosita sifatli korpus, treebank va lingvistik resurslarning mavjudligiga bog‘liq ekanligi asoslab beriladi. Tadqiqotda dependency parsing, Universal Dependencies (UD), morfologik teglash, sintaktik annotatsiya, treebank yaratish metodologiyasi hamda o‘zbek tilining agglyutinativ tabiati bilan bog‘liq muammolar atroflicha yoritilgan. Shuningdek, parserlarni yaratishda reprezentativ korpuslarning roli, annotatsiya standartlari, neyron tarmoqlar va transformer modellaridan foydalanish istiqbollari muhokama qilinadi. Maqola natijalari o‘zbek tilida zamonaviy sintaktik analizatorlarni yaratish uchun milliy korpus va lingvistik ta’minot tizimini shakllantirish zarurligini ko‘rsatadi.
Oqila Abdullayeva Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1248 Sat, 30 May 2026 00:00:00 +0500 AXBOROT QIDIRUV JARAYONIDA ONTOLOGIK BILIMLAR BAZASINING SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1264
Ushbu maqolada axborot qidiruv tizimlarida ontologik bilimlar bazasining o‘rni tahlil qilinadi. An’anaviy qidiruvdan farqli ravishda semantik qidiruv modellarining afzalliklari, xususan, o‘zbek tili NLP tizimlarida ontologiyalarni joriy etish masalalari yoritilgan.
Umar Babajanov Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1264 Sun, 31 May 2026 00:00:00 +0500 OʻZBEK TILIDA KONTEKSTGA MOS SINONIM ALMASHTIRISH: FSM VA KICHIK TIL MODELLARI ASOSIDAGI GIBRID YONDASHUV https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1239
Ushbu maqolada oʻzbek tilida kontekstga mos sinonim almashtirish masalasi koʻrib chiqiladi. Taklif etilgan yondashuv chekli holat mashinasi va kichik til modeli asosida ishlaydi. Tizim lemmatizatsiya va fonetik rekonstruksiya orqali semantik jihatdan toʻgʻri natija beradi.
Ilhom Bakayev, Shavkat Abdunasimov Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1239 Sat, 30 May 2026 00:00:00 +0500 O‘ZBEK TILI MATNLARIDA POLISEMANTIK BIRLIKLARNI AVTOMATIK TAHLIL QILISHNING STATISTIK METODLARI https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1255
Ushbu maqolada o‘zbek tili kabi morfologik boy va agglyutinativ tillarda uchraydigan polisemantik birliklarni (WSD) avtomatik tahlil qilishning statistik hamda gibrid metodlari tadqiq etiladi. Tadqiqot doirasida an’anaviy statistik modellar (SVM) va zamonaviy kontekstual enkoderlarning (mBERT) polisemik so‘zlarni farqlashdagi imkoniyatlari hamda kamchiliklari o‘zaro qiyoslanadi. Agglyutinativ tabiatdagi o‘zbek tilida so‘z ma’nosining kelishik qo‘shimchalari, uslubiy registrlar va idiomatik birikmalar orqali o‘zgarishi statistik modellarning aniqligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar sifatida ko‘rsatiladi. Ochiq lingvistik modellarning integratsiyasi statistik modellarning aniqlik ko‘rsatkichini (F1) sezilarli darajada oshirishi va semantik noaniqliklarni tizimli hal etishi asosan dalillanadi.
Zilola Xusainova, Bahora Norbekova Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1255 Sun, 31 May 2026 00:00:00 +0500 O‘ZBEK TILIDA AVTOMATIK FONETIK TRANSKRIPSIYA TIZIMINI YARATISHDAGI MUAMMOLAR https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1271
Maqolada o‘zbek tilida avtomatik fonetik transkripsiya tizimini yaratishdagi asosiy lingvistik va amaliy muammolar tahlil qilinadi. Adabiy og‘zaki nutqni sheva va kundalik so‘zlashuv nutqidan farqlash, yozuv va talaffuz o‘rtasidagi tafovutlar, grafema-fonema nomuvofiqligi, urg‘u, o‘zlashma so‘zlar hamda dialektal variantlarning transkripsiya tizimiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, avtomatik transkripsiya oddiy harfma-harf o‘girish emas, balki orfoepik me’yor, fonologik qoidalar va kontekstga tayangan holda qurilishi zarurligi asoslanadi.
Gulshahnoz Mahmudjonova Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1271 Sun, 31 May 2026 00:00:00 +0500 MORFOLOGIK NOANIQLIKNI YECHISH YOʻLLARINING TAHLILI https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1246
Ushbu maqolada o‘zbek va jahon tillaridagi morfologik noaniqlik (ambiguity) hodisasi, uning turlari va kelib chiqish sabablari tadqiq etiladi. Morfologik noaniqlik bir so‘z shaklining bir necha grammatik ma’noga ega ekanligi bo‘lib, bu tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) tizimlarida asosiy to‘siqlardan biri hisoblanadi. Tadqiqot davomida sinxron tahlil va korpus lingvistikasi usullaridan foydalanilgan.
Botir Elov, Barno Islomova Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1246 Sat, 30 May 2026 00:00:00 +0500 O‘ZBEK TILIDA SEMANTIK O‘XSHASHLIKLARNI ANIQLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1262
Mazkur ilmiy tadqiqot o‘zbek tilida semantik o‘xshashlik aniqlash sohasida to‘plangan murakkabliklarni tizimlashtirib, har biriga nisbatan ilmiy asoslangan yechim takliflarini ilgari suradi. Tadqiqot sakkiz asosiy muammo doirasini qamrab oladi: morfologik boylik va leksemalar ko‘pligi, parallel korpus tanqisligi, orfografik xilma-xillik, polisemiya va metafora qatlamlari, dialektlararo tafovut, transliteratsiya tartibsizligi, sentiment interferensiyasi hamda past resurslilik muammosi. Har bir muammo uchun real matn namunalari keltiriladi, tegishli miqdoriy ko‘rsatkichlar taqdim etiladi va til texnologiyalari hamda tilshunoslik asosidagi yechim yo‘llari muhokama qilinadi. Subword tokenizatsiya, ko‘p vazifalik o‘qitish va gibrid arxitekturalarga asoslangan amaliy tavsiyalar takliflar qatorida ilgari suriladi.
Muslimbek Soliyev Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1262 Sun, 31 May 2026 00:00:00 +0500 SO‘ZLARNI JOYLASHTIRISH MODELLARI YORDAMIDA O‘ZBEK TILI LEKSIK SINONIMLARINI AJRATIB OLISH: LEMMA VA TOKEN YONDOSHUVLARI TAHLILI https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1237
Tabiiy tilni qayta ishlash sohasida so‘zni joylashtirish modellari yordamida leksik sinonimlarni ajratib olish masalasi haligacha dolzarbligicha qolmoqda. Bu masala lug‘atga asoslangan usuldan ko‘ra afzalroqdir. Shu sababdan, ushbu maqolada so‘zlarni joylashtirish modellaridan Word2Vec va FastText yordamida nomzodlar k=10, k=50 bo‘lgan holatlarda sinonimlarni ajratib olish jarayoni ko‘rib chiqildi. Har bir maqsad so‘z uchun nomzodlar orasidan UzWordNet sinsetlariga asoslangan holatda leksik sinonimlar ajratib olindi. Xuddi shu ajratib olish va sintezga asoslangan filtrlash protsedurasi ikkita normallashtirish sozlamalarida ‒ token asosidagi (sirt shakllari) va lemma asosidagi (kanonik shakllar) ‒ ko‘rib chiqildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, agglyutinativ xususiyatga ega o‘zbek tili uchun Word2Vec kichik sinonim nomzodlari k=10 bo‘lganda, n gramlarga asoslangan FastText modeli esa yuqori sinonim nomzodlari olinganda, ya’ni k=50 va undan katta holatlarda ko‘proq sinonim nomzodlarini o‘z ichiga oladi.
Xabibulla Madatov , Surayyo Khajibaeva Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1237 Sat, 30 May 2026 00:00:00 +0500 JАHОN TILLАRIDА TINISH BELGILАRINI TIKLАSHGА ОID TАDQIQОTLАR TАHLILI https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1253
Mаzkur mаqolаdа jаhon tillаridа tinish belgilаrini аvtomаtik tiklаshgа oid ilmiy yondаshuvlаrning rivojlаnish tendensiyаlаri tаhlil qilinаdi. Tаdqiqot dаvomidа punktuаtsiyа tiklаsh mаsаlаsi fаqаt grаmmаtik belgilаrni joylаshtirish jаrаyoni emаs, bаlki mаtnning yаshirin semаntik vа prаgmаtik chegаrаlаrini qаytа tiklovchi intellektuаl mexаnizm sifаtidа tаlqin qilinаdi. Mаqolаdа qoidаviy tizimlаrdаn boshlаb trаnsformer vа multimodаl sun’iy intellekt modellаrigаchа bo‘lgаn evolyutsion bosqichlаr o‘rgаnilib, ulаrning lingvistik imkoniyаtlаri hаmdа cheklovlаri qiyosiy tаhlil qilinаdi. Shuningdek, o‘zbek tilining аgglyutinаtiv tаbiаti, erkin so‘z tаrtibi vа morfologik murаkkаbligi punktuаtsiyа tiklаsh tizimlаri uchun аlohidа ilmiy muаmmo ekаni аsoslаnаdi. Tаdqiqotdа punktuаtsiyаni “semаntik nаvigаtsiyа vositаsi” sifаtidа tаlqin qiluvchi yаngi konseptuаl qаrаsh ilgаri surilib, kelаjаkdаgi NLP tizimlаridа prosodik signаl, diskurs tаhlili vа аdаptiv sun’iy intellekt integrаtsiyаsining аhаmiyаti yoritilаdi.
Botir Elov, Zаrnigоr Sоbirоvа Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1253 Sun, 31 May 2026 00:00:00 +0500 TINISH BELGILАRINING MАTNDАGI АHАMIYАTI VА VАZIFАLАRI https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1269
Ushbu mаqоlаdа tinish belgilаrining yоzmа nutqdаgi о‘rni, ulаrning lingvistik, semаntik, sintаktik hаmdа kоmmunikаtiv vаzifаlаri tаhlil qilinаdi. Punktuаtsiyаning mаtn mаzmunini аniqlаshtirish, fikrni tо‘g‘ri vа tushunаrli yetkаzishdаgi аhаmiyаti ilmiy hаmdа аmаliy misоllаr аsоsidа yоritilаdi. Mаzkur mаqоlаdа tinish belgilаrining yоzmа mаtndаgi аhаmiyаti, semаntik, sintаktik, intоnаtsiоn vа kоmmunikаtiv vаzifаlаri tаhlil qilinаdi. Punktuаtsiyаning fikr аniqligi, mаtn yаxlitligi vа nutq mаdаniyаtini tа’minlаshdаgi о‘rni yоritilаdi.
Zаrnigоr Sоbirоvа Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1269 Sun, 31 May 2026 00:00:00 +0500 YURIDIK MATNLARNI TAHLIL QILISHDA LINGVO-MANTIQIY YONDASHUVNING AHAMIYATI https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1244
Ushbu maqolada yuridik matnlarni interpretatsiya qilishda lingvo-mantiqiy yondashuvning o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda normativ-huquqiy matnlarning ma’nosi faqat grammatik shakl orqali emas, balki pragmatik va argumentativ omillar orqali ham shakllanishi asoslanadi. Yuridik kommunikatsiyada implikatura, nutq akti va argumentativ strukturaning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, maqolada lingvistik hamda mantiqiy tahlilning integratsiyasi asosida yuridik interpretatsiyani chuqurroq tushunish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Normativ matnlardagi interpretativ noaniqlik bilan bog‘liq ayrim holatlar amaliy misollar asosida tahlil qilinadi.
Dilrabo Elova Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1244 Sat, 30 May 2026 00:00:00 +0500 TASDIQ VA INKORNI IFODALOVCHI EMOJLARINING LEKSIK BIRLIK BILAN SEMANTIK IDENTIFIKATSIYASI https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1260
Ma’lumki, tasdiq va inkor kategoriyasi falsafiy va mantiqiy qarashlardan yuzaga kelib, keyinchalik lingvistik jihatdan tadqiq etilgan. Xususan, tasdiq va inkor shakllari hamda ularning pragmati xususiyatlari ancha yillar oldin xorij tilshunoslari tomonidan turli xil yo‘nalishlarda o‘rganila boshlangan. Tasdiq-inkor kategoriyasi falsafa, mantiq va tilshunoslikning asosiy kategoriyalaridan biri bo‘lib, u voqelikning eng muhim xususiyatlari va tomonlari hamda bilish qonuniyatlarini namoyon etadi. Shu boisdan tasdiq va inkorni anglatuvchi shakllarni tadqiq etish, ularni bugungi davr texnikasiga moslashtirish, mavjud shakllarni identifikatsiyalash muhim vazifalardan sanaladi. Hozirda ijtimoiy yozishmalar va aloqa munosabat jarayonida emojlardan unumli foydalaniladi. Fikrlar emojlar vositasida qisqa va lo‘nda ifodalanadi. Asosiy masala emojlarni matnning leksin va semantik tahlilida to‘g‘ri tahlil qilish sanaladi. Bu muammo ushbu tadqiqotda tasdiq/inkor shakllaridan emojlarni aynan leksik ifoda bilan identifikatsiya qilishga turtki berdi. Maqolamizda o‘zbek tilidagi yozishlamalarda qo‘llangan 25 ta emojlarning tasdiq/inkor ma’nosini anglatuvchi shakllari leksik identifikatsiya qilinishi ochib berildi. Tabiiy tilga muvofiqlashtirilgan emojlar bazasi avtomatik semantik tahlil va sentiment tahlillarda juda zarur hisoblanadi.
Yulduz Shodmonaliyeva Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1260 Sun, 31 May 2026 00:00:00 +0500 O‘ZBEK TILI GAP BO‘LAKLARINI MODELLASHTIRISHDA CONSTITUENCY GRAMMAR https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1251
Ushbu maqolada o‘zbek tili gap bo‘laklarini zamonaviy tilshunoslikning tarkibiy grammatika (Constituency Grammar) modeli asosida modellashtirish masalalari tadqiq etiladi. Maqolada mazkur modelning nazariy asoslarini o‘zbek tili sintaktik qurilishiga tatbiq etilish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida o‘zbek tili kabi agglyutinativ tillarda gap bo‘laklarini iyerarxik konstituentlarga ajratishning afzalliklari va so‘z tartibi erkinligi bilan bog‘liq tizimli muammolar yoritib berilgan. Xulosa qismida tarkibiy grammatikaning o‘zbek tili sintaktik tahlilidagi o‘rni hamda tabiiy tilni qayta ishlash tizimlari uchun uning yutuq va kamchiliklari qiyosiy baholangan.
Shahlo Xamroyeva, Gulira’no Nuriddinova Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1251 Sun, 31 May 2026 00:00:00 +0500 O‘ZBEK TILI BIRLIKLARI OT SO‘Z TURKUMINI TUZILISHIGA KO‘RA POS TEGLASH https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1267
Ushbu maqolada o‘zbek tili birliklarini ot so‘z turkumini tuzilishiga ko‘ra avtomatik belgilash (POS tagging) masalasi chuqur ko‘rib chiqiladi. O‘zbek tilining agglutinativ morfologik tuzilishi kontekstida ot turkumining yasalish yo‘llari, grammatik kategoriyalari – kelishik (6 ta), egalik (shaxs-son), ko‘plik (-lar), aniqlik/noaniqllik – hamda xos ot (PROPN) bilan farqlash muammolari tahlil qilinadi. Ot so‘z turkumini teglashda yuzaga keladigan ko‘p ma’nolilik – xususan “olma” (NOUN: meva) va “ol-ma” (VERB: inkor) kabi holatlar – va ularni yechish yo‘llari muhokama etiladi. Kengaytirilgan ot tagset (NOUN + kelishik + egalik + ko‘plik + yasalish turi) taklif etiladi. Tajriba natijalariga ko‘ra, BERT-asoslangan modellar ot turkumini 96.8% aniqlikda teglash imkonini beradi.
Nizomaddin Xudayberganov Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1267 Sun, 31 May 2026 00:00:00 +0500 OCHIQ KODLI ASR MODELLARINING QIYOSIY TAHLILI https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1242
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi video kontentlar uchun avtomatik subtitrlar yaratishda ochiq kodli nutqni aniqlash (Automatic Speech Recognition – ASR) modellarining samaradorligi qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning ilmiy aniqligini ta’minlash maqsadida o‘zbek tilining barcha uslublarini qamrab olgan 10 ta video material tanlab olindi va ularning mutaxassis tomonidan qayta tinglanib, qo‘lda yozilgan transkripsiyalari etalon sifatida shakllantirildi. Tajribalar doirasida 13 ta ochiq kodli modelning natijalari ushbu inson tomonidan tayyorlangan matnlarga nisbatan Word Error Rate (WER) va Character Error Rate (CER) metrikalari, shuningdek, ishlov berish tezligi bo‘yicha o‘zaro qiyoslandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, lokal korpuslarda o‘qitilgan modellar inson nutq idrokiga yaqinroq natija ko‘rsatsa-da, tilning agglyutinativ tabiati va punktuatsiya masalalarida muayyan cheklovlar saqlanib qolmoqda. Maqola yakunida o‘zbek tili uchun eng yuqori aniqlik va tezlik muvozanatini ta’minlovchi modellar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
Ruhillo Alayev, Xurmatoy Mullaboyeva Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1242 Sat, 30 May 2026 00:00:00 +0500 IMOM GʻAZZOLIY ASARLARINING SEMANTIK TARMOG‘I: NLP YONDASHUVI https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1258
Mazkur maqolada Imom Gʻazzoliy asarlari asosida yaratilgan korpusning semantik tuzilmasi zamonaviy kompyuter lingvistikasi yondashuvlari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida semantik teglash, ontologik modellashtirish hamda word2vec algoritmi orqali so‘zlarning yashirin semantik bog‘liqliklari aniqlangan. Natijada diniy, axloqiy va ijtimoiy semantik maydonlardan iborat kompleks semantik model ishlab chiqildi. Ushbu yondashuv diniy-falsafiy matnlarni avtomatlashtirilgan tahlil qilish va konseptual qidiruv tizimlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Zarina Barnoyeva Copyright (c) 2026 COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences/article/view/1258 Sun, 31 May 2026 00:00:00 +0500