Том 2 № 2 (2023): “O‘ZBEK TILI MILLIY VA TA’LIMIY KORPUSINING NAZARIY VA AMALIY MASALALARI”
Статьи

O‘ZBEK TILI TA’LIMIY KORPUSIDA OMONIM VA KO‘P MA’NOLI SO‘ZLAR SEMANTIKASINING O‘ZLASHTIRILISHIGA DOIR

Опубликован 2023-05-31

Ключевые слова

  • omonim so‘zlar, ko‘p ma’noli so‘zlar, semantika, o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitish.

Аннотация

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “...har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim” [Mirziyoyev, 2017: 25] degan fikrni ilgari surgan edilar. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zaruriyat bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta’limni sifatli va samarali amalga oshirish uchun muhtaram Prezidentimiz tomonidan bir necha Dasturiy konsepsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur dasturni to‘liq amalga oshirish, qo‘yilgan vazifalarga erishish ana shu bo‘g‘inlarning holati va rivojlanish darajasiga, ularning o‘zaro uzviyligiga boqliqdir. Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda davlat tili, ya’ni o‘zbek tilini o‘rgatishga doir barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Umumta’lim maktablarining ikkkinchi sinfidan boshlab to‘qqizinchi sinflarigacha haftasiga ikki soatdan davlat tilini o‘rganish uchun vaqt ajratiladi. Bu davrda o‘quvchilar o‘zbek tilida o‘qish, yozish, muloqot qilish va fikrini ifodalashni o‘rganadilar. Bunda, albatta, o‘zbek tilida o‘qish va o‘rganish uchun so‘z ma’nolari mohiyatini tushunish, so‘z mazmunini turli kommunikativ vaziyatlarda o‘zlashtirish hamda undan savodli darajada foydalana olish ko‘nikmasini rivojlantirishga e’tibor qaratilishi zarur.