«УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2
ru-RU«УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференцияTELENUTQ – MEDIANUTQNING BIR KO‘RINISHI SIFATIDA
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/356

Mazkur maqolada telenutq tushunchasi va unga berilgan ta’riflar izohlangan. Telenutq medianutqning bir ko‘rinishi ekanligi, bu tushuncha ostida televideniyeda namoyish etiladigan barcha telemahsulotlar tushunilishi zarurligi ta’kidlangan. Telenutq tarkibiga kiruvchi mediamatnlar sanab o‘tilgan.
Mexrigiyo Shirinova
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122BADIIY MATNLARDA FE’L SO‘Z TURKUMIGA DOIR FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR POLISEMIYASI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/372

maqolada badiiy matnlar asosida polisemiya o‘zbek tilining leksik tuzilishidan tashqari, uning boy frazeologik tizimiga ham xos bo‘lib, bu tilning rivojlanganligi, frazeologik birliklar, asosan, fe’l so‘z turkumi bilan ifodalanishi, iboraning semantik jihatdan bir so‘zga teng ekanligi inobatga olinsa, kontekst bilan bog‘liq holda polisemantik vazifani keng miqyosda bajara olishi, nasriy asarlar tahliliga, ayrim ilmiy-nazariy manbalarga tayangan holda frazeologik birliklar deyarli leksemalar darajasida polisemantik bo‘lishi aniq misollarda dalillangan.
Sulurxan Raximova
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122SUBYEKTIV BAHO SHAKLLARINING USLUBIY QOʻLLANILISHINI KORPUSDA AKS ETTIRISH IMKONIYATLARI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/388

Grammatik vositalarni stilistik jihatdan o‘rganish sof grammatik o‘rganishdan farq qiladi. Sof grammatik tahlilda ma’lum shakl yoki kategoriyani alohida olgan holda fikr yuritish imkoni bo‘lsa, stilistik jihatdan yondashuvda buning imkoni yo‘q. Unda ma’lum shakl, albatta, o‘z qurshovida kontekst bilan birga olinishi kerak. Chunki stilistika uchun ahamiyatli bo‘lgan konnotativ ma’no kontekst bilan bog‘liq ravishda hosil bo‘ladi. Bu jihatdan ma’lum darajada ingrent ekspressivlikka ega bo‘lgan subyektiv baho formalari ham mustasno emas. Shu nuqtayi nazardan ushbu maqolada o‘zbek tilidagi subyektiv baho shakllarining uslubiy qo‘llanilishi, modal ma’nolari, o‘zbek tili korpuslarida ularning uslubiy xosligini farqlash funksiyasi, uslubiy axborot beruvchi teglar tizimini shakllantirish masalasi xususida fikr yuritiladi.
Dilrabo ElovaNasiba Jumaqulova
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122MILLIY KORPUSDA MA’NAVIYAT KATEGORIYASI BIRLIKLARINI TEGLASH MASALALARI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/345

Ushbu tezisda korpusda ma’naviyat kategoriyasi birliklarini teglash masalalari ko‘rib o‘tilgan. O‘zbek tili ma’naviyat kategoriyasi birliklari korpusini tuzish mezonlari taklif qilingan hamda misollar asosida dalillangan.
Gulbahor TojiyevaSunatillo Niyazov
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-302023-05-3022BADIIY TARJIMADA ADEKVATLIK TUSHUNCHASI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/363

ushbu maqola adekvatlik termini va uning mohiyati, yirik tarjimashunoslarning adekvat tarjima haqida fikrlari, shuningdek ushbu tushunchaning badiiy tarjimada qo‘llanish funksiyalari va masalalariga bag‘ishlanadi. Maqolada tarjimonning asar tarjimasida tutadigan o‘rni va mahorati haqida ham gap boradi. Bir necha olimlar fikri va tarjimalarini qiyosiy o‘rgangan holda adekvat tarjima xususiyatlarini ochib berishga, tilshunoslarning ishlari misol tariqasida ko‘rsatib o‘tilgan.
Nilufar Bafoyeva
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122ARXAIKLASHISH HODISASINING TERMINOLOGIYADA AKS ETISHI MASALASI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/379

ushbu maqolada til birliklari tizimidagi arxaiklashish hodisasining terminologiyada namoyon bo‘lishiga oid kuzatish va tahlillar amalga oshirilgan. Xususan, o‘zbek pedagogikasi sohasiga oid terminologik birliklar tizimida kuzatilgan leksik arxaizm va sememik arxaizmlarning leksik-semantik xususiyatlari, leksikografik talqinlari yuzasidan fikr-mulohazalar yuritilgan.
E’tibor Yaxshiyeva
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122YANGI AVLOD SINONIMLAR ELEKTRON O‘QUV LUG‘ATINI TUZISHNING LINGVISTIK TOMONI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/354

mazkur tezisda ona tili ta’limida o‘quv lug‘atlaridan foydalanishning ahamiyati, o‘quv lug‘atchiligida zamonaviy elektron o‘quv lug‘atlarining ahamiyati, yangi avlod lug‘atlarining yaratilish asoslari, sinonimlar elektron o‘quv lug‘ati uchun birliklar tanlashning o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z borgan.
Marjona Nurboboyeva
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-302023-05-3022NORMATIV-HUQUQIY HUJJAT MATNI LINGVISTIK EKSPERTIZASIDA IMLO QOIDALARIGA MOSLIK MASALASI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/370

Ushbu maqolada o‘zbek tilida normativ-huquqiy hujjat matnini lingvistik ekspertiza qilishda ularning imlo qoidalariga mosligini baholash masalasida fikr-mulohazalar hamda tavsiyalarni keltirilgan bo‘lib, normativ-huquqiy hujjat loyihalarini imlo xatolariga yo‘l qo‘ymaslik, bunday kamchiliklarni oldini olishda xorij tajribasining ahamiyati haqida ham fikr-mulohazalar bildirilgan.
Abror Murtazayev
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122AVTOMATIK TARJIMA YO‘NALISHI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/386

Maqolada avtomatik tarjima sohasining yo‘nalishlari, undagi muammolar, jahon tajribasida amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari yoritilgan.
Shahlo XamroyevaMadinabonu Qodirova
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122O‘ZBEK TILI KORPUSI UCHUN SINTAKTIK TAHlIL DASTURINI YARATISH NAZARIYALARI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/343

Ushbu maqolada milliy korpusni yaratishda sintaktik teglashning o‘rni haqida jahon tilshunos olimlarining ilk qarashlari, nazariyalari va sintaktik teglashning usullari hamda ularni hosil qilishda parsing dasturining ahamiyati tahlil markaziga olingan.
Отабек Хидиров
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-302023-05-3022UMUMIY SEMALI HOLAT FE’LLARI TAHLILI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/361

ushbu maqolada tilshunoslik tizimida foydalanishda eng keng tarqalgan fe’l so‘z turkumining ahamiyati va fe’llarning turlari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, maqolada o‘zbek tilshunoslarining holat fe’llari xususidagi qarashlari o‘z aksini topgan. Jumladan, holat fe’llari tarkibidagi “yig‘i” semali fe’li tahlili olib boriladi.
Zuhra Maxmudova
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122YURISPRUDENSIYAGA OID LUG’ATLARDA XALQARO TERMINLARNI MILLIYLASHTIRISH MASALASI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/377

terminologik lug‘atlar har qanday bilim sohasini egallashda alifbo vazifasini bajaradi. Ayniqsa mutaxassis sifatida shakllanish sohaga oid terminlarni bilish bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu maqolada yurisprudensiya sohasi oliy ta’lim muassasalarida sohaga doir lug‘atlarda berilgan internatsional terminlar tahlil qilindi. Tilning sofligini saqlash yo‘lidagi muhim choralardan biri sifatida terminlarni milliylashtirish masalasining ahamiyati ko‘rib chiqildi. Huquqshunoslik yo‘nalishi talabalari uchun yaratilgan lug‘atlar va ularda berilgan baynalmilal terminlar asosida terminlarni milliylashtirish bo‘yicha ilmiy-nazariy fikr-mulohazalar va amaliy tavsiyalar berildi. Muayyan internatsional terminologik birliklarning o‘zbekcha muqobili keltirildi. Baynalmilal terminlarning umumiy xususiyatlari, termin anglatadigan tushunchani ifodalay olish darajasi yoritildi. Bunday terminlarning tilga qabul qilinishi jarayonida ahamiyatga ega lingvistik qonuniyatlar tahlil qilindi. Shu asosda milliy tilning termin anglatadigan tushunchani nomlay olish jihati baholandi, bu jarayondagi umumiy tamoyillar aniqlandi. Huquqshunoslik sohasiga oid terminologik lug‘atlarda berilgan xalqaro va milliy terminlar qiyoslandi va ular genetik, derivatsion jihatdan statistik tahlil qilindi. Tahlil natijalari asosida ularning terminologik tushunchani nomlay olishiga oid xulosalar shakllantirildi. Shuningdek, yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari uchun yaratiladigan lug‘atlarning tarkibiy tuzilishi haqida umumiy xulosalar shakllantirilgan. Ushbu tipdagi lug‘atlar boshqa soha lug‘atlari bilan solishtirildi va huquqshunoslikka doir lug‘atlarni takomillashtirish yuzasidan muayyan takliflar berildi. Terminologik lug‘atlarda, shuningdek, tilning umumiy izohli lug‘atlarida beriladigan huquqshunoslik terminlarining izohlanishi, xususan, izohda milliy va baynalmilal so‘zlardan foydalanish masalalasi ham tahlil qilindi. Yurisprudensiya sohasida qo‘llanuvchi internatsional birliklarning milliy til so‘zlari bilan sinonimiyasi masalasi tahlil qilindi. Terminni milliylashtirish masalasining huquq sohasi talabalari uchun sohaga oid bilimlarni egallash jarayonidagi afzalliklari ko‘rsatiladi.
E’zoza Sobirova
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122BADIIY MATN LINGVISTIK EKSPERTIZASIDA KAMSITISH VA TAHQIRLASH HOLATLARI TAVSIFI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/393

Badiiy matnlarni tahlil qilishda turli yondashuvlar mavjud. Badiiy asar matni lingvistik, adabiy yoki lingvopoetik tahlil obyekti bo‘lishi mumkin. Tahlilning ushbu turlari mohiyatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Badiiy matnning lingvistik ekspertizasida badiiy asar matnida mavjud konfliktli holatlarni aniqlash, baholash va ekspert xulosalarini shakllantirishga asoslanadi. Badiiy matnda shaxsga nisbatan har qanday diskriminatsiya va uning xavfini baholash zarurati bor. Maqolada diskrimantsiya tavsifi, badiiy matnda shaxsni tahqirlash, kamsitish holatlari tavsifi berilgan.
Toxirova Shahzoda
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-06-102023-06-1022IJTIMOIY TARMOQDAGI YOZISHMALARDA SHAXS PSIXOLOGIYASI VA NUTQ MUNOSABATINI TADQIQ QILISH AHAMIYATI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/352

zamonaviy tilshunoslik yo‘nalishlaridan biri lingvistik ekspertizaning asosiy obyektlaridan biri ijtimoiy tarmoq yozishmalarida shaxs psixologiyasi va nutq munosabati hamda uning shakllari haqida fikr yuritilgan. Bu tushunchalarga tilshunos olimlarning bergan ta’riflari havola qilingan hamda ularni umumlashtirib xulosa berilgan. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoq yozishmlarida shaxs ruhiy holati hamda nut munosabati tadqiqi lingvistik ekspertizda qanday ahamiyatga ega ekanligi haqida so‘z yuritilgan.
Durdona Abdurayimova
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-302023-05-3022SO‘Z YASOVCHI QO‘SHIMCHALARNI MODELLASHTIRISH
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/368

Ushbu maqolada so‘z yasovchi qo‘shimchalarni modellashtirish va ularning yasalish asosi, yasovchi qo‘shimchalarning omonimligi to‘grisida fikr yuritilgan. Bundan tashqari olimlarning so‘z yasalish haqida qimmatli fikrlari keltirib o‘tilgan.
Shahlo XamroyevaDilnoza Tog'ayeva
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122ONA TILI TA’LIMIDA O‘QUVCHILAR LEKSIK MINIMUMINI ANIQLASHNING AHAMIYATI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/384

ushbu tezisda maktab o‘quvchilarining leksik minimumini aniqlash zarurati, ularning lug‘at boyligini oshirish usullari haqida so‘z boradi. Shuningdek, tadqiqotda kuzatish, tahlil qilish, umumlashtirish metodlari foydalanilgan. O‘quvchilarning lug‘at bilan ishlashi, ularning leksikonini boyitish hamda leksik minimumni aniqlashning ahamiyati ochib berilgan.
Gulruh Hamdamova
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122O‘ZBEK TILIDA TIL KORPUSLARINI TUZISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/341

maqolada o‘zbek tilining axborot matnlari korpusi tuzilishining o‘ziga xos nazariy va amaliy masalalari yoritib berildi. Korpusning tuzilishi, imkoniyatlari, dizayni, ish jarayoni bosqichma-bosqich tahlilga tortildi. Jumladan, o‘zbek tili korpusini qurish uchun texnik topshiriqlarni ishlab chiqish, ma’lumotlarni yig‘ish va ularni kompyuterlashtirish, korpusda matnlarni saqlash va so‘zlarni teglash jarayoni bayon qilindi. O‘zbek tili korpusi filologik jihatdan keng qamrovli va muammoli lingvistik masalalarni hal etish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar bazasidir.
Oqila Abdullayeva
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-302023-05-3022ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA SIFATLAR TASNIFINING ASOSLARI: TUB(ASLIY) VA NISBIY SIFATLAR
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/359

Maqolada rus, ingliz va o‘zbek tillaridagi mavjud sifat leksemalaridagi xususiyatlarning narsa-predmet va xodisalarning belgisini ifoda etishi, shuningdek sifatlarning belgi bildirish xususiyati va tabiati jixatdan tub(asliy)va nisbiy sifatlarning bir biridan qisman farqlanuvchi jixatlariga to‘xtalib o‘tilgan.
Norbek Yunusov
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122SUYISH TERMINI VA MAYDON NAZARIYASI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/375

Ushbu tezisda suyish terminiga tarif berilgan va maydon nazariyasi haqida so‘z yuritilgan.
Durdonaxon Mirzazoda
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122O‘ZBEK LINGVISTIK EKSPERTOLOGIYASIDA LINGVISTIK TAHLIL VA EKSPERTIZA MUNOSABATI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/391

O‘zbek lingvistik ekspertologiyasi amaliy tilshunoslikning yangi sohalaridan sanaladi. Soha doirasida yaratilgan tadqiqotlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, sohaga doir terminologik lug‘atlar yaratish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Odatda, konfliktli vaziyatlarda badiiy matnlar ham lingvistik ekspertiza obyekti bo‘lishi mumkin. Ushbu holatda ekspertiza, tahlil va lingvopetik tahlil singari terminlarni farqlash , ushbu jarayonlarning ekspertizaga aloqasi va farqli jihatlarini aniqlash zarurati paydo bo‘lmadi. Maqolada sud ekspertizasi, lingvistik tahlil va lingvopoetik tahlil terminlari izohlangan, ularning farqlari tahlil qilingan.
Musulmonova Kamola
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-06-102023-06-1022O‘ZBEK TILINING TA’LIMIY KORPUSI BAZASINI TAKOMILLASHTIRISHDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR LUG‘ATLARINING O‘RNI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/349

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tuziladigan nutq o‘stiruvchi vositalar ‒ illyustrativ ensiklopediyalar, lug‘at-minimumlar hamda turli mavzuviy izohli lug‘atlarning ta’limiy korpusni takomillashtirishdagi roli, bu boradagi muammolar va ularning yechimlari xususida so‘z boradi.
Zoira RahmatovaFeruza Ochilova
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-302023-05-3022TIL MENEJMENTIDA TIL HAMJAMIYATI, NUTQ HAMJAMIYATI VA DOMEN TUSHUNCHALARI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/366

til hamjamiyati, nutq hamjamiyati va domen tushunchalarining qo‘llanilishi, ularning ma’no ko‘lami va til menejerezatsiyasida tutgan o‘rni kabi jihatlar mazkur maqolaning tadqiq obyekti bo‘lib, ushbu tushunchalarning mazmun mundarijasi, semantik farqliliklari va til boshqaruvida ushbu tushunchalar bilan bog‘liq jihatlar maqolada atroflicha tahlilga tortilgan. Shu bilan birga mazkkur birliklarning jahon tilshunosligidagi tavsiflari keltirilib, muayyan mulohazalar bildirilgan.
Rafiqjon Zaripov
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122O‘QUV LUG‘ATCHILIGI VA TIL TA’LIMI KORPUSI MASALALARI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/382

ushbu tezis o‘quv lug‘atchiligi va ularni korpus tizimida yoritish masalalariga bag‘ishlangan. Unda o‘quv lug‘atlarining yangi tur va avlodlarini yaratish g‘oyasi ilgari surilgan.
Muhsinali Sobirov
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122O‘ZBEK TILI KORPUSLARI SEMANTIK KENGAYTMASIDA “BOSH” LEKSEMASINING SEMANTIK IZOHLARIDAN FOYDALANISH XUSUSIDA
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/339

Ushbu maqolada o‘zbek tili korpuslari semantik kengaytmasida so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nosini izohlashda foydalanuvchi uchun qulaylikka erishish masalasi yoritilgan. “Bosh” leksemasining semantik izohlarini semantik kengaytmada ifodalash usuli ko‘rsatib berilgan.
Dildora Axmedova
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-282023-05-2822FRAZEOLOGIK EVFEMIK BIRLIKLARDA GRADUONIMIK MUNOSABATLARNING IFODALANISHI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/357

maqolada o‘zbek tilida graduonimiya (darajalanish) hodisasi va uning frazeologik birliklarda, qolaversa evfemik frazeologik birliklar orqali yuzaga kelishi to‘g’risida so‘z yuritiladi.
Sirojiddin Turdimurodov
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122O‘ZBEK TILI TERMINOLOGIK BIRLIKLARINI SEMANTIK TEGLASH XUSUSIDA
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/373

ushbu maqolada o‘zbek tili geografiyaga oid terminlarini o‘zbek tili korpusida joylashtirishda semantik teglash masalasiga doir vazifalar tahlilga tortilgan. Xususan, geografiyaga oid tushunchalarni ifodalovchi terminlarning leksikografik talqini va tavsifiga asoslanib, lozim o‘rinlarda, o‘zbek tilining izohli lug‘atida aks ettirilmagan maxsus belgilarni semantik teg tarkibida qayd qilishning usullari xususida ham fikr yuritilgan, semantik teglash namunalari tavsiya qilingan.
Ikrom Islomov
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122О НЕОБХОДИМОСТИ ОПИСАНИИ И ТОЛКОВАНИИ ТЕРМИНОВ Э-БИЗНЕСА В ЯЗЫКОВЫХ КОРПУСАХ
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/389

Электронный бизнес (e-business) – это использование информационных технологий для управления бизнес-процессами, включая покупку и продажу товаров и услуг, управление финансами, маркетинг, логистику и другие аспекты бизнеса. Электронный бизнес может быть реализован как внутри компании, так и между компаниями, а также между компаниями и их клиентами.
Sitora Mengliyeva
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122CORRESPONDENCES, ANALOGIES AND DIFFERENCES OF CORPORA
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/347

It is difficult to imagine today's linguistics without artificial intelligence. The development of time, new technologies in science and society, requirements and principles of science teaching and learning are changing. Linguistics is no exception. In this article, the role of language corpora in the way of creating technologies and tools that ensure the storage, search, analysis and transfer of information and knowledge, improving systems for recognizing and creating written and spoken texts in natural language, and developing artificial intelligence systems is talked about.
Nurislom Khursanov
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-302023-05-3022O‘ZBEK TILIDAGI INSON A’ZOLARI HARAKATINI IFODALOVCHI LEKSEMALARNING INGLIZ TILIDAGI MATNLARDA BERILISHI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/364

Bugungi jadal rivojlanishlar davri jamiyatda davlatlararo aloqalarni rivojlantirishda qiyosiy tarjimaning oʻrni katta, jumladan inson tana a’zolari harakatini ifodalovchi fe’llar tarjimasini qiyosiy tahlil qilish asosiy masalalardan biridir. Ushbu maqolada bir qancha harakat fe’llari qiyosiy va nazariy oʻrganilgan.
Nigora Avezova
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122MILLIY KORPUSDAN TEST TOPSHIRIQLARINI TUZISHDA FOYDALANISHNING AHAMIYATI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/380

ushbu tezisda korpuslarning ta’lim jarayonida qo‘llanish ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Xususan, ona tili ta’limda korpuslardan foydalanish imkoniyatlari, sifatli test topshiriqlarini tuzishdagi o‘rni haqida so‘z borgan. Shuningdek, testologiyada korpuslardan foydalanish tartibi va ahamiyati ochib berilgan.
Shohruh Abdiraimov
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122JADID NAMOYONDALARI ASARLARINING TIL XUSUSIYATI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/355

Ushbu maqolada jadid adabiyoti namoyondalari asarlarining til xusisiyati, leksikasi, boshqa davr tillaridan farqli jihatlari o‘rganildi. Shuningdek, milliy korpusda jadid adabiyoti subkorpusini yaratishning ahamiyati izohlandi.
Shahlo XamroyevaMavjuda Alimbekova
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-302023-05-3022TIL MENEJMENTI KOMPONENTLARI, DARAJALARI, BOSQICHLARI VA ME’YORLARI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/371

maqolada til siyosatiga bog‘liq holda til taraqqiyotida amalga oshiriladigan harakatlarga nisbatan qo‘llanadigan “rejalashtirish” va “menejment/boshqaruv” atamalari tavsiflanib, ushbu tushunchalarning semantik maydonidagi o‘xshash va farqli ma’nolar izohlangan. Til menejmentining jamiyatdagi shaxsdan boshlanuvchi tilni boshqarish turi “oddiy tilni boshqarish”, mikro (oila) dan makro (davlat) darajasigacha osib boruvchi uyushgan tilni boshqarish turlari farqlanib, ularning jahon tilshunosligidagi talqinlari qiyoslanadi. Til boshqaruvi darajalari oila, tashkilot, muassasalar, sohalar, davlat va boshqalar, til boshqaruvi bosqichlari quyi, o‘rta va yuqori, til menejmenti me’yorlari hukumat, muassasa, guruh tomonidan qabul qilinadigan qarorlar ekani farqlanib ularning mohiyati yoritilgan.
Rafiqjon ZaripovNozima Ravshanova
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122O‘ZBEK TILIGA TARJIMA QILINGAN ANDROID OPERATSION TIZIMI MOBIL ILOVALARI TERMINLARINING QO’LLANILISHI VA ULARNING FOYDALANISHDA YAROQLILIGI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/387

Ushbu maqolada android operatsion tizimi mobil ilovalari terminlarining o’zbek tiliga tarjimasi va amalga oshirilgan tarjimalar foydalanuvchilar uchun ommalashishi hamda qo’llash uchun yaroqli yoki yaroqli emas kabi savollarga javob beriladi.
Bobir Maxammadov
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122JAHON DIALEKTAL KORPUSLARIGA BIR NAZAR
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/344

ushbu maqolada Eston shevalar korpusida sheva qaydlari, fonetik-fonematik transkripsiyalangan sheva matnlari, transkripsiyalangan matnlar to‘plami, morfologik teglangan matnlar to‘plami, informatorlar va yozma ma’lumotlar haqida axborotlariga doir qarashlar akslangan va bu nazariyalar Surxondaryo shevalari misolida o‘z isbotini topgan.
Muyassar Xolova
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-302023-05-3022LANGUAGE AND MEDIA
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/362

Til va ommaviy axborot vositalari insonlar o‘rtasidagi muloqotning bir-biriga bog‘langan ikki jihatidir. Til ramzlar va qoidalar tizimi sifatida insonga o‘z fikrlari, his-tuyg‘ulari va niyatlarini yetkazish imkonini beradi. Boshqa tomondan, ommaviy axborot vositalari xabarlar uzatiladigan turli xil kanallar va platformalarga ishora qiladi, masalan, bosma nashrlar, radio, televidenie va boshqalar. Ushbu maqolada biz til va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi aloqani ko‘p jihatdan, ommaviy axborot vositalarining til rivojlanishiga ta'sirini va boshqalarni o‘rganamiz.
Fotima Maxmudova
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122LEKSIK ARXAIZM VA UNING SEMANTIZATSIYASI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/378

ushbu maqolada arxaizm hodisasi, uning lingvistik talqini, leksikografik tavsifi, semantik tasnifi bilan aloqador masalalar tahlilga tortilgan. Xususan, arxaizm, leksema arxaizm, semema arxaizm, istorizm, tarixiy so‘z tushunchalari doirasidagi lingvistik xususiyatlar, munosabatlardagi umumiylik va alohidaliklar tavsiflangan. Shuningdek, arxaizmning turlari, tasnifi, ularning yuzaga kelish sabab va omillari, uslubiy xususiyatlari yuzasidan fikr-mulohazalar yuritilgan.
Umida Usmonova
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122SUD SIYOSATSHUNOSLIK LINGVISTIK EKSPERTIZASINI O‘TKAZISHNING METODOLOGIK ASOSLARI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/394

Ijtimoiy tarmoqlar orqali uzatilgan xabarlarning xavflilik darajasi, axborortning leksik-semantik xususiyatlari, pragmatik mazmunini baholashda ekpert malakalariga ehtiyoj tug‘iladi. Ayanan siyosiy matnlar bo‘yicha amalga oshiriladigan lingvistik ekspertizlarda muayyan metodologik asoslarga tayanilishi lozim. Maqolada sud siyosatshunoslik lingvistik ekspertizasida metodologik asoslar va ularning mohiyati xususida so‘z boradi.
Soliyeva Nargisa
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-06-102023-06-1022O‘ZBEK TILI IBORALARIDA POLISEMIYA HODISASI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/353

mazkur maqola o‘zbek tilida bir va ko‘p ma’noli iboralarning tavsifiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda bir va ko‘p ma’noli iboralarning ma’no taraqqiyoti, ular tarkibidagi so‘zlarning semik tahlili, polisemantik iboralarning, omonim iboralardan farqi berib o‘tilgan. Shuningdek, ayrim bir va ko‘p ma’noli iboralar misol tariqasida tahlil qilingan.
Islom Bo'riyev
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-302023-05-3022TIL SIYOSATI KOMPONENTLARI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/369

maqolada til siyosatining bir-biri bilan bog‘liq, ammo mustaqil ravishda tavsiflanishi mumkin bo‘lgan uchta komponenti: amaliyot, e’tiqod va boshqaruv yoritilib, ularning integral va differensial xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, til siyosati atamasining tadqiqotlardagi ayrim ta’riflariga to‘xtalinadi.
Rafiqjon Zaripov
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122ПРИМЕНЕНИЕ МЕТОДОВ NLP В КОРПУСНЫХ ИССЛЕДОВАНИЯХ: ОСОБЕННОСТИ И ОГРАНИЧЕНИЯ
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/385

Обработка естественного языка (NLP) – анализ человеческого языка компьютерными программами. NLP включает задачи от простых (разделение текста на слова) до сложных (преобразование речи в текст, аннотация синтаксическими характеристиками). NLP способствует развитию корпусной лингвистики и машинному обучению. Однако, NLP имеет слабые стороны и потенциальные ограничения. Важно осознавать возможности и недостатки инструментов NLP для корректного использования. В статье рассматриваются NLP-процессы (токенизация, лемматизация, маркировка частей речи, анализ составляющих и анализ зависимостей) для повышения грамотности в области NLP.
Lolaxon NigmatovaSuxrob Avezov
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122ALISHER NAVOIYNING “BADOYE’ UL-VASAT” KORPUSI HAQIDA
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/342

Ushbu maqolada mualliflik korpusi tuzishning amaliy ahamiyati haqida nazariy ma’lumotlar berilgan. A.Navoiyning “Badoye’ ul-vasat” asari korpusining bugungi kundagi yutuqlari hamda shu kabi korpuslarning yaratilish jarayonini rivojlantirish kabi masalalar maqsad qilingan.
Aziza Hayitova
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-302023-05-3022THE LEXICOGRAPHIC INTERPRETATION OF THE VERB (IN THE EXAMPLE OF “YIG‘LAMOQ”)
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/360

article discusses the importance of translation dictionaries in different languages in linguistics, especially in cross analysis of semantic aspects of word meanings. In particular, it is known to us that the semantic aspects of the verbs with the general meaning “to cry” cannot be studied without analyzing the human nature and psyche. This shows the connection of semantics with anthropology, psycholinguistics and sociolinguistics.
Zuhra Maxmudova
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122O‘ZBEK TILIDAGI SHAXSIY YOZISHMALARDAGI HUDUDIY XOSLANGAN BIRLIKLARNI ANIQLASH METODIKASI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/376

ushbu maqolada o‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda hududiy xoslangan birliklarni aniqlash metodikasi haqida fikr yuritilgan. Areal va lingvistikaning tilshunoslikdagi o‘rni va lingvistik ekspertizadagi ahamiyati xususida mulohaza olib borilgan.
Dildora Toʻrayeva
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122O‘ZBEK TILI TERMINOSISTEMASIDA TIJORAT VA MARKETING TERMINOLOGIYASINING O‘ZARO MUNOSABATI MASALASI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/392

Ushbu tezis o‘zbek tilining terminologik leksikasi tarkibida tijorat, savdo-sotiq tushunchalarini ifodalovchi terminologik birliklarning yondosh terminologik tizimlar bilan munosabati masalasiga e’tibor qaratilgan. Xususan, iqtisodiyot, marketing, bank, moliya kabi sohalar terminologiyasida savdo-sotiq sohasi tushunchalariga aloqador terminlarning o‘rni, semantik xususiyatlari tahlil qilingan. Turli sohalar terminologiyasiga aloqadorlik kasb etuvchi terminlarning semantik tabiatida qaysi soha tushunchalari yetakchilik qilishi aniqlangan.
Raxmonqulov O'ktam
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-06-102023-06-1022IQTISODIYOTGA OID TERMINLAR O‘QUV-IZOHLI LUG‘ATINI YARATISH XUSUSIDA
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/351

ushbu maqolada terminlarning hozirgi ijtimoiy hayotimizdagi o’rni va ularning amaliy ahamiyatiga to‘xtab o‘tilgan. “Tadbirkorlik asoslari” faniga oid terminlar o‘quv izohli lug‘atini shakllantirish bosqichlari (tavsiflangan) keltirib o‘tilgan.
Aziza Abduvaliyeva
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-302023-05-3022O‘ZBEK TILI XRONONIMLARINING LEKSIKOGRAFIK TADQIQI: MUAMMO VA YECHIMLAR
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/367

maqolada o‘zbek tili xrononimlarining leksikografik xususiyatlari, xrononimlarning formal strukturasi butunlay o‘ziga xosligi, ayrim hollarda so‘zlar o‘zining keng maʼnosini yo‘qotib ixtisoslashgan maʼno tomonga siljishi, atoqli otlar bilan birga qo‘llangan turdosh otlar yakka shaxs emas, jamoaviy, ommaviy harakat maʼnosini anglata boshlashi, jumladan, urush bilan bog‘liq bo‘lgan xrononimlar juda ko‘pchilikni tashkil etishi, bunda shaxs nomlari va joy nomlari ustuvorlik kasb etishi kabi masalalar to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Jamshid Norqo'ziyev
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122ONA TILI TA’LIMIDA TIL KORPUSIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/383

ushbu tezisda o‘zbek tili milliy korpusi va o‘zbek tili ta’limiy korpusi, ularaning o‘ziga xos xususiyatlari va ulardan foydalanish, shuningdek, til korpuslaridan katta elektron manba o‘laroq faqat tatqiqotlar uchun emas, ona tili ta’limida, bevosita dars jarayonlarida foydalanishning ahamiyati haqida so‘z boradi.
Yusuf Bobodo'stov
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122OʻZBEK TILIDAGI TURLI TUZILISHLI SOʻZLARNI LEMMALASH USULLARI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/340

Lemmatizatsiya - soʻzning asosiy morfologik shaklini (lemmasini) topish jarayoni. Bu koʻplab tabiiy tillarni qayta ishlash (Natural Language Processing, NLP) va ma’lumot olish (Information Retrieval, IR) vazifalarini hal qilishdagi muhim dastlabki qadamdir. Oʻzbek tilining morfologiyasi, aglutinativ jihatlari boyligi sababli leksik maʼnoliligi tufayli lemmatizatsiya murakkab vazifa hisoblanadi. Ushbu maqolada oʻzbek tilidagi turli tuzilishli soʻzlarni lemmalash usullari taqdim etiladi.
Botir ElovShahlo XamroyevaZilola Xusainova
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-302023-05-3022KELASI ZAMON GRAMMATIK SHAKLLARINING ANNOTATSIYASI VA ULARNI LINGVISTIK MODELLASHTIRISH MASALASI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/358

ushbu maqolada kelasi zamon grammatik shakllarini o‘zbek tili korpuslari uchun annotatsiyalash, shuningdek, bu shakllarning lingvistik modellarini ishlab chiqish masalalari haqida fikr yuritilgan.
Elyor Xonnazarov
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122O‘ZBEK SHEVALARI KORPUSLARI UCHUN DIALEKTIZM IBORALARNI TALQIN QILISHNING AYRIM MASALALARI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/374

ushbu maqolada o‘zbek shevalari va ularni milliy korpuslarda aks ettirish bilan bog‘liq amaliy masalalar doirasidagi vazifalar, lingvistik tahlillar amalga oshirilgan. Xususan, o‘zbek qipchoq shevalari leksikasiga mansub iboralarning semantik, grammatik xususiyatlari, adabiy til birliklariga munosabati masalasi talqin qilinib, milliy korpus va o‘zbek shevalari korpusi uchun ularning tadqiqi masalalari tahlil qilingan, ular yuzasidan tavsiyalar keltirilgan.
Shoira Islomova
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122Matnlarni sentiment tahlil qilishdagi qiyinchiliklar
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/390

sentiment tahliliga zarurat ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishi, onlayn tavsiyalar bilan bog‘liq. Sharhlar turli xil mahsulotlar va xizmatlar haqida ko‘p sonli odamlarning fikrlarini o‘z ichiga oladi. Bunday matnlarni tahlil qilishda murakkabliklar mavjud bo‘lib, quyida bir necha turlariga to‘xtalamiz.
Dilrabo ElovaAllanazarova Sabohat
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-06-102023-06-1022OʻZBEK TILI TA’LIMIY KORPUSIDA LEMMALASH ALGORITMLARI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/348

Lemmatizatsiya – lemma(leksema)ning ma’noli shaklini aniqlash va uni flektiv/hosila shakllari oʻrnida ishlatishni oʻz ichiga olgan tabiiy tilni qayta ishlash usuli. Ushbu maqolada oʻzbek tili ta’limiy korpusi matnlarini lemmalash algoritmlari keltirilgan.
Zilola Xusainova
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-302023-05-3022SO‘ZLARARO DARAJALANISH LUG‘ATINING KORPUSDAGI O‘RNI
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/365

ushbu maqolada O‘zbek tilining milliy korpusi uchun graduonimik so‘zlar bazasini shakllantirish, graduonimik so‘zlarning korpusdagi o‘rni va vazifalari kabi masalalar tahlili yoritilgan.
Qahramon Eshboyev
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122O‘ZBEK TILI TA’LIMIY KORPUSIDA OMONIM VA KO‘P MA’NOLI SO‘ZLAR SEMANTIKASINING O‘ZLASHTIRILISHIGA DOIR
https://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences2/article/view/381

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “...har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim” [Mirziyoyev, 2017: 25] degan fikrni ilgari surgan edilar. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zaruriyat bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta’limni sifatli va samarali amalga oshirish uchun muhtaram Prezidentimiz tomonidan bir necha Dasturiy konsepsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur dasturni to‘liq amalga oshirish, qo‘yilgan vazifalarga erishish ana shu bo‘g‘inlarning holati va rivojlanish darajasiga, ularning o‘zaro uzviyligiga boqliqdir. Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda davlat tili, ya’ni o‘zbek tilini o‘rgatishga doir barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Umumta’lim maktablarining ikkkinchi sinfidan boshlab to‘qqizinchi sinflarigacha haftasiga ikki soatdan davlat tilini o‘rganish uchun vaqt ajratiladi. Bu davrda o‘quvchilar o‘zbek tilida o‘qish, yozish, muloqot qilish va fikrini ifodalashni o‘rganadilar. Bunda, albatta, o‘zbek tilida o‘qish va o‘rganish uchun so‘z ma’nolari mohiyatini tushunish, so‘z mazmunini turli kommunikativ vaziyatlarda o‘zlashtirish hamda undan savodli darajada foydalana olish ko‘nikmasini rivojlantirishga e’tibor qaratilishi zarur.
Yekaterena ShirinovaGulbahor Iskandarova
Copyright (c) 2023 «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ " Международная научно-практическая конференция
2023-05-312023-05-3122