LUQMON BOʻRIXONNING “IMOM MOTURIDIY” ROMANIDA AYOLLAR OBRAZI TALQINI
Keywords:
obraz, ayol psixologiyasi, tarixiy roman, ruhiyat, individuallik.Abstract
Oʻzbek tarixiy romanchiligi taraqqiyotiga oʻzining “Imom Moturidiy” romani bilan munosib hissa qoʻshgan Luqmon Boʻrixonning mazkur asarida IX-X asrlarda yashagan buyuk ilohiyotshunos alloma, ulugʻajdodimiz imom Abu Mansur Moturidiy hayoti va u kishi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan voqealar tasvirlanadi. Ushbu maqolada asarning badiiy yuksakligiga sezilarli ta’sirini oʻtkazgan ayollar obraziga yangicha nigoh bilan qarash hamda ularning ruhiy olamiga xos muammolarni teranroq anglash yoʻlidan borilib, tarixiy-qiyosiy, psixologik metodlardan foydalanildi. Asardagi Mastonbibi, Toʻtiyoxonim, Surayyo xonim, Odinabibi obrazlarining ijtimoiy hayotdagi oʻrni, ichki tuygʻulari va murakkab ruhiy olami atroflicha tahlil va talqin etildi.
Downloads
Published
2024-02-21
Issue
Section
IV SHO'BA