Published 2024-05-22
Keywords
- avtomatik tahrir, orfografiya, sun’iy intellekt, korrektura, imlo qoidalari, tahlil metodlari, tokenizatsiya, lemmatizatsiya, stemmizatsiya, spellchecker.
Abstract
Kompyuter lingvistikasiga doir qator izlanishlar olib borish natijasida mashina tarjimasi, korpus texnologiyasi, kompyuter leksikografiyasi hamda dasturiy ilovalarning lingvistik asoslarini ishlab chiqish, leksikografik matnlarga ishlov berish va lingvostatistik tahlil etish borasida muayyan darajada natijalarga erishib kelinmoqda. Ayniqsa, bugungi shiddatkor davr uchun matnlarni turli jihatdan avtomatik tahrirlash va tahlil qilish, matnlarning avtomatik tarzda morfologik, sintaktik va semantik tahlilini (inglizcha parsing) ta’minlovchi tizimlar yaratish, mashina tarjimasi uchun mo‘ljallangan dasturlarni ishlab chiqish muhimlik kasb etadi. Mazkur maqolada avtomatik tahrir hamda matnni avtomatik qayta ishlaydigan dasturlarning avtomatik tarjima sifatini yaxshilashdagi roli, xususan, spellchecker dasturlar, ularning avtomatik tarjimadagi ahamiyati, ushbu dasturlarning ishlab chiqish masalalari muhokama qilingan.