QUR’ONI KARIM MA’NOLARI TARJIMASI VA TAFSIRINING TIL KORPUSI – DASTURIY TA’MINOTI INTERFEYSI VA QIDIRUV TIZIMIDAN FOYDALANISH
Published 2024-05-22
Keywords
- tilshunoslik, korpus lingvistikasi, milliy til, milliy korpus, kompyuter lingvistikasi, mashina tarjimasi, elektron ma’lumotlar.
Abstract
O‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga oshib borayotgan bir vaqtda uni kompyuter tiliga aylantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Buning uchun o‘zbek tilining milliy korpusini yaratish va uning ustida tadqiqotlar olib borish zarurati mavjudligini ko‘rsatadi. Ushbu maqola o‘zbek tilshunosligining yangi yo‘nalishlaridan biri – korpus lingvistikasiga mo‘ljallangan Qur’oni Karimning Shayx Usmonxon Temurxon Samarqandiy tomonidan qilingan ma’nolar tarjimasi va tafsirining lingvistik tadqiqi va tafsiri-irfon.uz platformasiga bag‘ishlanadi. Ushbu platforma o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, o‘zbek tili ustida ilmiy tadqiqot olib boruvchilar va butun ommaga mo‘ljallangan bepul platforma hisoblanadi.