Published 2024-05-22
Keywords
- dialektal korpus, transkripsiya, dialekt, integratsiya, qidiruv tizimi.
Abstract
Dialektal korpus bu tilning turli mintaqaviy yoki ijtimoiy turlarini ifodalovchi matnlar va og‘zaki til namunalari to‘plami. U lingvistik tadqiqotlar, til hujjatlari va madaniy merosni saqlash uchun muhim manba hisoblanadi. Dialektal korpusni boshqarish va tahlil qilish uchun yaxshi ishlangan arxitektura, ma’lumotlar bazasi tizimi zarur. Dialektal yozuvlari to‘plami keng ko‘lamli fonologik, morfologik, leksik va sintaktik tadqiqotlar uchun ham qimmatli ma’lumotlar manbayi hisoblanadi. Ushbu maqolada biz dialektal korpus uchun arxitekura va ma’lumotlar bazasi talablarini o‘rganamiz. Bu xususiyatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ma’lumot to‘plash, ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash, qidiruv tizimi, xavfsizlik va maxfiylik, ma’lumot beruvchi tafsilotlarini ko‘rsatish (so‘zlar soni va axborot beruvchilar haqidagi boshqa ma’lumotlar).