Vol. 1 No. 1 (2024): COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
Articles

FE’L SO’Z TURKUMIDAGI LEKISIK OMONIMLARNI ANIQLASH YONDASHUVLARI

Published 2025-01-09

Keywords

  • omonimiya, tilshunoslik, statistik tahlil, morfologik tahlil, semantik farqlash, algoritmlar, tilni qayta ishlash, grammatik tahlil.

Abstract

Ushbu maqola omonimlikni aniqlash metodlarini ikki asosiy yondashuvga – statistik va qoidalarga asoslangan usullarga ajratadi. Statistik usullar matnlardagi omonimlarni morfologik tahlil orqali aniqlashda qo'llaniladi, unda grammatik xususiyatlarning birgalikda yuzaga kelish statistikasi ishlatiladi. Qoidalarga asoslangan tizimlar esa sintaktik tahlil bosqichida omonimlikni aniqlaydi va ko'proq mutaxassislar ishtirokini talab qiladi. Gibrid yondashuvlar, statistik metodlar va kam sonli qoidalar kombinatsiyasidan tashkil topgan. Tadqiqotlar rus va ingliz tillaridagi matnlarda turli metodlarning samaradorligini ko'rsatadi. Maqola, shuningdek, o'zbek tilida omonimiyani semantik farqlashga qaratilgan yangi yondashuvlarni muhokama qiladi.