Published 2025-05-02
Keywords
- fonema, allofon, fonematik sistema, fonologik qoidalar, singarmonizm, kompyuter lingvistikasi, strukturalizm, generativ fonologiya, eksperimental fonetika, metodologik muammolar, xarita.
Abstract
Maqolada oʻzbek tilining fonematik-fonemik sistemasi xaritasini nazariy hamda amaliy jihatdan puxta tahlil qilish, uning zamonaviy lingvistika, xususan, kompyuter lingvistikasidagi oʻrnini aniqlash maqsad qilingan. Tilning fonema va allofonlar qurilishi, singarmonizm va uning bahsli jihatlari, fonologik qoidalar, dialektlar orasidagi fonetik tafovutlar va bu masalalarni
hozirgacha oʻrganishda yuzaga kelgan metodologik muammolar (rus tilshunoslik anʼanalari, eroniy tillar taʼsiriga oid iddaolar, eksperimental-empirik tadqiqotlar yetishmasligi, fonetik atlas va transkripsion alifbolarning ommalashmagani) hamda ularni raqamli muhitga tatbiq qilish imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, turli lingvistik nazariyalar (generativ fonologiya, strukturalizm va boshqa) asosida oʻzbek tilining boy fonetik xususiyatlarini formal modelda aks ettirish masalalari muhokama qilinadi. Tadqiqot yakunida tilni raqamli qayta ishlash (ASR, TTS, mashina tarjimasi) hamda lingvistik tadqiqotlarda foydalanish mumkin boʻlgan fonemik “xarita”ni yaratish boʻyicha nazariy tavsiyalar taklif etiladi.