Published 2025-05-02
Keywords
- ot so‘z turkumi, semantik tasnif, grammatik kategoriya, morfologik xususiyat, teg.
Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi ot so‘z turkumi, uning leksikgrammatik xususiyatlari, morfologik shakllanishi va sintaktik funksiyalari tahlil qilinadi. Maqolada otlarning turdosh va atoqli bo‘lishi, ularning semantik guruhlari, shuningdek, otlarni klassifikatsiya qilish usullari haqida keng ma’lumotlar keltirilgan. Kompyuter lingvistikasi nuqtayi nazaridan, otlarni avtomatik teglash va ularning semantik va morfologik tahlili ham ko‘rib chiqiladi. Otlarning tilshunoslikdagi o‘rni va ularning zamonaviy tadqiqotlarda qanday yangi yondashuvlar bilan o‘rganilishi, jumladan, affiksatsiya, kompozitsiya va abbreviatsiya usullari orqali yasalishi tahlil qilinadi.Tabiiy tilni qayta ishlashda (NLP) ot so‘z turkumini morfologik teglash va ular uchun lingvistik baza yaratish muhim masala hisoblanadi. Otlarning semantik tasnifi, grammatik kategoriyasi, morfologik xususiyatlari morfologik teg uchun muhim hisoblanadi.