Articles
KAM RESURSLI TILLARDA G2P MODEL TAYYORLASHDA FONETIK KORPUSLARNING AHAMIYATI: O‘ZBEK TILI MISOLIDA
Published 2025-05-02
Keywords
- fonetik korpus, grafema, transkripsiya, alifbo, lugʻat, ma’lumotlar bazasi
Abstract
Ushbu maqolada kam resursli tillar, xususan o‘zbek tili uchun Grafema-fonema (G2P) modelini yaratishda fonetik korpuslarning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. G2P konversiyasi – matnni fonemalarga aylantirish jarayoni bo‘lib, zamonaviy nutq sintezi (TTS) tizimlarining asosiy komponentlaridan biridir. O‘zbek tili fonetik tizimining murakkabligi, undagi tarixiy, fonologik va morfonologik xususiyatlar, shuningdek, dialektal tafovutlar fonetik korpuslar asosida formallashtirilmaguncha, modelning sifatli ishlab chiqilishi mushkul bo‘ladi.