Vol. 1 No. 1 (2025): COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
Articles

O‘ZBEK TILIDA MOSLASHUV YO‘LI BILAN BIRIKKAN SO‘Z BIRIKMALARINI MODELLASHTIRISH MASALASI

Oqila Abdullayeva
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Bio

Published 2025-05-02

Keywords

  • So‘z birikmasi, moslashuvli so‘z birikmasi, teglash, modellashtirish, sintaktik annotatsiyalash.

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek tilida moslashuv yo‘li bilan birikkan so‘z birikmalarining nazariy asoslari tahlil qilindi. Moslashuvli so‘z birikmalari ikki yoki undan ortiq so‘zning o‘zaro grammatik va semantik jihatdan bog‘lanishidan iborat bo‘lib, ular tilning morfologik va sintaktik qoidalari asosida hosil qilinishi ta’riflandi. So‘z birikmalarida so‘zlar o‘rtasidagi kelishik, son va egalik kabi grammatik munosabatlar aniq ifodalanishi qayd etildi. Shuningdek, maqolada bunday so‘z birikmalarini modellashtirishning qoidalar asosidagi yondashuvi va grammatik tizimlar orqali amalga oshirilishi tavsiflandi. Moslashuvli so‘z
birikmasini modellashtirishning kompyuter lingvistikasi sohasidagi ahamiyati va zarurati haqida fikr bildirildi.