O‘ZBEK TILINING BAZIS SO‘ZLARIGA ASOSLANGAN KONTEKSTERKLI GRAMMATIKA ISHLAB CHIQISH VA UNING SINTEZI
Published 2025-05-02
Keywords
- kontekst-erkli grammatika, o‘zbek tili, sintaksis, morfologiya, bazis so‘zlar, tabiiy tilni qayta ishlash, mashina tarjimasi.
Abstract
Mazkur tezisda kontekst-erkli grammatika tushunchasining nazariy asoslari, uning tabiiy tilni qayta ishlashdagi ahamiyati va o‘zbek tiliga moslashuv imkoniyatlari tahlil qilinadi. Ayniqsa, o‘zbek tilining morfologik xususiyatlari, sintaktik qurilishi va bazis (asosiy) so‘zlar tarkibini aniqlash mezonlari asosida kontekst-erkli model uchun zarur bo‘lgan grammatik tuzilmalarni
shakllantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mavjud grammatik yondashuvlar bilan solishtirma tahlil o‘tkazilib, ushbu yondashuvning afzalliklari va qo‘llanish muammolari haqida xulosa qilinadi. Ushbu tahliliy yondashuv o‘zbek tilini avtomatik qayta ishlash, xususan, mashina tarjimasi, avtomatik tahlil va sintez jarayonlarida yangi ilmiy asos bo‘lishi mumkin.