Published 2025-05-02
Keywords
- Qoraqalpoq tili, korpus, korpus tahlili, lingvistik manba, lemma, lemmalash, algoritm.
Abstract
Mazkur maqolada qoraqalpoq tilidagi soʻzlarni lemmalash uchun zarur boʻlgan lingvistik manbani yaratish masalasi koʻrib chiqiladi. Unda qoraqalpoq tilining leksik xususiyatlari, affiksal tizimi, shuningdek, soʻzlarning lemmalash jarayonidagi oʻrni tahlil qilinadi. Leksik tuzilmalarni aniqlash, lugʻaviy bazani shakllantirish lemmalashning muhim bosqichlari sifatida koʻrsatiladi. Mualliflar qoraqalpoq tiliga oid leksik va grammatik axborotlarni tizimlashtirish orqali, tabiiy tilni qayta ishlash, mashina tarjimasi va sun’iy intellekt sohalarida foydalanish mumkin boʻlgan lingvistik manbani ishlab chiqish zarurligini asoslab beradilar. Tadqiqot natijalari qoraqalpoq tilining raqamli muhitda rivojlanishiga hissa qoʻshadi.