Published 2025-05-02
Keywords
- bazis so‘z, sinonimlar lug‘ati, maktab korpusi, yuqori chastotalar metodi, agglyutinativ til.
Abstract
Bazis so‘zlarni ajratib olish masalasi til o‘rganuvchilar, maktab o‘quvchilari, shuningdek, lingvistlar uchun ham bir qator qulayliklar yaratadi. Ushbu maqolada “O‘zbek boshlang‘ich sinf maktab korpus”idan bazis so‘zlarni ajratib olish masalasi ko‘rib chiqilgan. Bazis so‘zlar to‘plami, shunday to‘plamki, ushbu to‘plam yordamida o‘zbek tilidagi barcha so‘zlarni ifodalash mumkin bo‘lsin. Ya’ni, bazis so‘zlar o‘zbek tilining asosini tashkil etuvchi so‘z yasalishi va lingvistik tahlil jarayonlarida ishlatiladigan so‘zlardir. Odatda, bunday so‘zlarga kundalik muloqotning asosini tashkil etuvchi umumiy otlar, fe’llar, sifatlar va boshqa nutq qismlari kiradi. Bundan tashqari, bazis so‘zlar asosan ilmiy va badiiy adabiyotlarda qo‘llaniladi. Ushbu ishda yuqori chastotali so‘zlarni aniqlash va solishtirish usullari qo‘llanilgan. Biz o‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati va “O‘zbek boshlang‘ich sinf maktab korpus”i asosida yaratilgan yuqori chastotali so‘zlarni aniqlash va bazis so‘zlarni ajratib olish usulini taqdim etamiz.