Vol. 1 No. 1 (2025): COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
Articles

OʻZBEK TILI KORPUSI UCHUN TURIZMGA OID MATNLARNING LINGVISTIK BAZASINI YARATISH ASOSLARI

Published 2025-05-02

Keywords

  • turistik matnlar, turistik birliklar, konsept, lingvokulturologiya, madaniy obyektlar, turizm, ziyorat turizmi, sayohat, ichki turizm.

Abstract

Jahon tilshunosligida turizmga oid matnlar va ularning lingvistik, leksik-semantik, diskursiv tadqiqiga doir korpusga asoslangan ilmiy izlanishlarga XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab e’tibor kuchaydi. Sun’iy intellekt va turli tizimdagi axborot texnologiya vositalarining hayotimizdan keng oʻrin ola boshlashi bugun bu kabi ishlarning yanada muhim ahamiyat kasb eta boshlaganini koʻrsatdi. Zotan, turizm dunyo hamjamiyatida mamlakatlar iqtisodiyoti, milliy madaniyati, tarixi hamda ijtimoiy hayotining ajralmas qismi, insoniyat faoliyatining barcha yoʻnalishlariga bevosita daxldor, eng tez rivojlanayotgan, daromadli sohalaridan biridir. Ushbu maqolada turizmga oid matnlar bazasini yaratish asoslari hamda ularning mazmun-mohiyatiga ko‘ra tasniflanishi haqida fikr yuritilgan boʻlib, Buxoro viloyati misolida ayrim misollar keltirilgan.