Published 2025-05-02
Keywords
- diaxron korpus, mustaqillik davri nashrlari, NLP, korpus lingvistikasi, maʼlumotlar bazasi.
Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi mustaqillik davri nashrlari asosida diaxron korpus yaratish metodologiyasi va uning ilmiy ahamiyati tahlil qilingan. Diaxron korpuslar tilning vaqt o‘tishi bilan yuz berayotgan o‘zgarishlarini aniqlash, tilning rivojlanish dinamikasini modellashtirish va kelajakdagi o‘zgarishlarni prognoz qilish imkonini beradi. Tadqiqot jarayonida materiallarni
tanlash, ma’lumotlarni to‘plash, raqamlashtirish, matn tozalash, normalizatsiya, avtomatik belgilash, sintaktik-semantik tahlil, qo‘lda tekshirish, indekslash va natijalarni vizualizatsiya qilish bosqichlari batafsil bayon etilgan. Maqolada ta’kidlangan usullar va yondashuvlar kelajakda til evolyutsiyasini yanada kengroq va aniqlik bilan o‘rganishga zamin yaratadi.