Published 2025-05-02
Keywords
- sifat, soʻz turkumlari, grammatik tahlil, POS tagging, tabiiy tilni qayta ishlash, morfologik tahlil, sintaktik tahlil, NLP, sunʻiy intellekt, mashinani oʻrganish.
Abstract
Ushbu tezisda sifatlar nutqning bir qismi sifatida POS (Part of Speech) morfologik tuzilishiga asoslangan holda koʻrib chiqiladi. Tadqiqotda sifatlar, jumladan, sodda, hosila va qoʻshma sifatlar yasalishiga koʻra turkumlarga ajratilib, gap tuzilishidagi roli oʻrganiladi. Tadqiqot tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) sohasidagi yutuqlarga hissa qoʻshadigan avtomatlashtirilgan lingvistik tahlilda POS belgilarining samaradorligini ta’kidlaydi. Sifatlarning tuzilishi va ularning morfologik funksiyalarini tahlil qilish orqali ushbu tadqiqot ularning tarkibiy xilma-xilligi va lingvistik tadqiqotlar va mashinali oʻrganish modellarida amaliy qoʻllanilishi haqida tushuncha beradi.