Published 2025-05-02
Keywords
- diskurs konpetensiyasi, konseptual va kommunikativ yondashuv, til oʻrganuvchi, izchillik-koherensiya.
Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslik va kommunikativ metodika nuqtayi nazaridan diskurs kompetensiyasi fenomenining mazmun mohiyati chuqur tahlil etiladi. Diskurs kompetensiyasi nafaqat grammatik va leksik bilimlar majmui, balki kontekstga mos muloqot qurish, ijtimoiy-madaniy omillarni hisobga olib, fikrni izchil va maqsadga yo‘naltirilgan tarzda ifodalash ko‘nikmalarini ham qamrab oladi. Maqolada til o‘rgatish jarayonida diskurs kompetensiyasining roli, uni shakllantirishda kommunikativ yondashuvning ustunliklari hamda interaktiv metodlarning samaradorligini asosli misollar va nazariy qarashlar orqali yoritiladi. Shuningdek, maqolada diskurs kompetensiyasining til tafakkuri va madaniy kompetensiya bilan uzviy bog‘liqligi, uning shaxslararo muloqotdagi funksional ahamiyati keng qamrovda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari asosida ta'lim amaliyoti uchun tavsiyalar ham ilgari suriladi.