Articles
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbek tili korpuslarini tuzish jarayonida amalga oshiriladigan annotatsiyalash va teglash ishlari, ularning umumiy qoidalari hamda qo‘llanilayotgan tizimlar haqida so‘z boradi. Maqolada avvalo korpuslar uchun zarur bo‘lgan morfologik, sintaktik va semantik darajadagi teglash turlari bayon etiladi. O‘zbek tilining agglutinativ xususiyati, morfologik murakkabligi va erkin so‘z tartibi kabi xususiyatlari tufayli annotatsiyalash jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilinadi.