Published 2025-05-03
Keywords
- Xorazm shevasi, media korpus, o‘zbek tili, raqamli tilshunoslik, shevalar, sun’iy intellekt, til korpusi.
Abstract
So‘nggi yillarda o‘zbek tilining raqamli shakllanishi va sun’iy intellekt tizimlarida qo‘llanilishi tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Ammo bu jarayonda hududiy shevalarning, xususan, Xorazm shevasining o‘rni va ifodalanish darajasi hali ham yetarli emas. Ushbu maqolada O‘zbek tilining shevalari, ayniqsa Xorazm shevasi, zamonaviy media platformalarida (YouTube, TikTok, Telegram va h.k.) qanday aks etayotgani tahlil qilinadi. Shuningdek, Xorazm shevasida yaratilgan kontentlarning hajmi, sifati va ularni til korpuslari yoki AI modellar uchun potensial ma’lumot manbai sifatida foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shevalarning raqamli kontent orqali saqlanishi va rivojlanishi til siyosati va madaniy meros nuqtai nazaridan ham dolzarb ekani asoslab beriladi.