Published 2025-05-03
Keywords
- Mualliflik korpusi, konkordans qidiruv, kengaytirilgan qidiruv, lingvistik tahlil, matnshunoslik, qidiruv algoritmlari, korpus lingvistikasi.
Abstract
Mualliflik korpusi qidiruv tizimi zamonaviy lingvistik tadqiqotlar uchun samarali vosita hisoblanadi. Ushbu tizim foydalanuvchilarga matnlarni konkordans qidiruv va kengaytirilgan qidiruv yordamida tahlil qilish imkonini beradi. Konkordans qidiruv so‘z shakllari va ularning kontekstlarini aniqlashda yordam bersa, kengaytirilgan qidiruv turli filtrlash parametrlari orqali
aniq natijalar taqdim etadi. Mazkur maqolada ushbu qidiruv tizimining asosiy tamoyillari, ishlash mexanizmi va texnik jihatlari yoritiladi. Tizimning samaradorligi va foydalanuvchilarga qulayligi haqidagi tahlillar ham keltiriladi. Mualliflik korpusining ushbu qidiruv imkoniyatlari lingvistika, tarjima va matnshunoslik sohalari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.