Published 2025-05-03
Keywords
- korpus lingvistikasi, parallel korpus, tarjimashunoslik, badiiy matn, konkordans, N-gramm, SketchEngine, kalit so‘zlar tahlili, lingvistik moslik, o‘zbek-ingliz tarjimasi.
Abstract
Mazkur maqolada korpus lingvistikasi, xususan, parallel korpuslar asosida badiiy matnlarni lingvistik tahlil qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasi va uning ingliz tiliga tarjimasi asosida tuzilgan ikki tilli parallel korpus tahlili orqali tarjima jarayonidagi leksik, stilistik va grammatik muvofiqliklar tahlil qilinadi. Tadqiqotda SketchEngine korpus
menejeri yordamida yaratilgan korpusdagi kalit so‘zlar, konkordanslar va N-gramm tahlil natijalari asosida tarjimaning lingvistik xususiyatlari, milliy leksik birliklarning o‘ziga xos tarjima strategiyalari yoritiladi. Qiyosiy tahlillar orqali o‘zbek va ingliz korpuslarining texnik va lingvistik imkoniyatlari o‘rganilgan, mavjud farqlar ilmiy jihatdan asoslab berilgan.