Articles
Published 2025-05-03
Keywords
- Korpus, parallel korpus, o‘zbek tili, fors tili, NLP, statitik tahlil, raqamlashtirish, mashinali o‘qitish, lingvistik muvofiqlik
Abstract
Parallel korpuslar zamonaviy kompyuter lingvistikasi, mashina tarjimasi, til oʻrgatish va NLP sohalarida muhim manba hisoblanadi. Oʻzbek va fors tillari orasidagi madaniy, tarixiy va tilshunoslik aloqalari ushbu tillar uchun parallel korpus yaratish zaruratini yuzaga keltiradi. Oʻzbek va fors tillari uchun hali toʻliq va sifatli parallel korpus mavjud emas, mavjud manbalar esa lingvistik va texnologik jihatdan yetarlicha boy emas. Ushbu maqola Oʻzbek-Fors parallel korpusini yaratish bosqichlari, duch kelinadigan lingvistik va texnologik muammolar hamda ularning yechimlarini yoritishga qaratilgan.