Published 2025-05-03
Keywords
- Matn tahlili, Tematik tahlil, Kontent tahlili, Soʻzlar sumkasi modeli, Tabiiy tilni qayta ishlash, Lugʻatga asoslangan yondashuv, Fanlararo tahlil, Semantik tahlil, Statistik yondashuvlar, Sun’iy intellekt.
Abstract
Ushbu maqolada matnlarni tahlil qilishning turli fan sohalarida qoʻllaniladigan asosiy usullari tahlil qilinadi va ularning kompyuterlashtirish darajasi boʻyicha tasnifi keltiriladi. Tadqiqotda tematik tahlil, kontent tahlili, lugʻat yondashuvlari, soʻzlar
sumkasi (BOW) modeli, boshqariladigan va boshqarilmaydigan oʻrganish usullari, shuningdek tabiiy tilni qayta ishlash (NLP)
texnikalari qamrab olingan. Har bir yondashuvning nazariy asoslari, amaliy qoʻllanilishi, afzalliklari va cheklovlari muhokama qilinadi. Maqolaning maqsadi – matn tahlilining turli metodologik yondashuvlarini tizimlashtirish va tadqiqotchilar uchun ularning imkoniyatlari hamda chegaralarini aniqlab berishdan iborat. Tadqiqot natijalari matn tahlil usullarini tanlashda asos boʻlishi, ilmiy, ijtimoiy va texnologik sohalarda matnga asoslangan tadqiqotlar samaradorligini oshirishga xizmat qilishi mumkin.