Vol. 1 No. 1 (2025): COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
Articles

SINTAKTIK PARSING TURLARI

Botir Elov
Tashkent State University named after Alisher Navoi University of Uzbek language and literature
Bio

Published 2025-05-03

Keywords

  • sintaktik parsing, parser, dependency parsing, constituency parsing, teg.

Abstract

NLPning muhim yo‘nalishlaridan biri matnlarni sintaktik tahlil qilishdir. So‘nggi tadqiqotlar natijasida tillarda sintaktik tahlilni amalga oshiruvchi parser dasturlar tuzildi. Gap darajasidagi sintaktik ma’lumotlarni ifodalash uchun ko‘plab murakkab qoidalarni tahlil qilish kerak. Ushbu maqolada sintaktik tahlil turlari ichida keng tarqalgan dependency (tobelik munosabati tahlili) va constituency (tarkibiy tuzilma tahlili) parsing turlari muhokama qilindi. Kontekstdan mustaqil grammatika (CFG), ya’ni constituency tahlil (yoki birikma tuzilmasi asosidagi tahlil), gapning sintaktik tuzilmasidagi iyerarxik so‘z birikmasini treebank orqali tasvirlashga asoslanadi va bu yondashuv ilk tadqiqot obyekti bo‘lib kelmoqda. Bog‘liqlik (yoki dependency) grammatikasi esa sintaktik va semantik tahlil uchun keng qo‘llaniladigan yana bir mashhur model bo‘lib, unda so‘zlar bevosita bog‘liqlik munosabatlari orqali birikadi va ushbu bog‘liqliklarga ular orasidagi sintaktik yoki semantik munosabatlarni ko‘rsatuvchi teglar belgilanadi. Har ikkala parsing turi tillarda gaplarni sintaktik tahliliga tatbiq qilinib, korpuslarda qo‘llanilmoqda, lekin resurs va grammatik tuzilishiga ko‘ra olinadigan natijalar farqliligi kuzatilmoqda. Maqolada parsing turlarining grammatik xususiyatlari o‘zaro taqqoslandi.