Articles
Published 2025-05-03
Keywords
- publitsistik uslub, ilmiy ommabop uslub, badiiy uslub, perefraz qilish, matn uslublari, tilshunoslik.
Abstract
Ushbu maqolada publitsistik uslubdan ilmiy ommabop uslubga, yuqori ilmiy uslubga va badiiy uslubga perefraz qilish jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Matnning turli uslublarga o‘zgartirilishi va bu jarayonning tilshunoslikdagi ahamiyati haqida so‘z boradi. Publitsistik uslubdan ilmiy ommabop uslubga o‘zgartirishda ma’lumotlar keng jamoatchilik uchun tushunarli va qabul qilinadigan tarzda taqdim etilishi kerak. Ushbu uslubga o‘tishdagi asosiy maqsad aniq va mantiqiy tuzilishga ega bo‘lgan matn yaratishdir. Badiiy uslubga o‘tkazish esa matnni estetik jihatdan boyitish va hissiy tushunchalarni yetkazishning yangi shakllarini taqdim etishdir.