Published 2025-05-03
Keywords
- Matnni tasniflash, NLP, ML, axborotni tartiblash, sentiment tahlil, sohaviy tasnif.
Abstract
Matnni tasniflash – bu matnlarni mazmun, uslub, maqsad yoki tarkibiy jihatdan guruhlash jarayoni. Zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlanishi natijasida matnni tasniflash usullari ko‘plab sohalarda qo‘llanilmoqda. Xususan, hujjatlarni avtomatik ajratish, elektron pochta spamlarini aniqlash va ijtimoiy tarmoqlardagi kontent monitoringi kabi vazifalarda keng foydalaniladi. Tibbiyotda, yuridik sohada matn tasnifi muhim ahamiyat kasb etadi. Matnni tasniflashda asosan sun’iy intellekt va mashinali o‘qitish texnologiyalari muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayon matnlarni avtomatik ravishda oldindan belgilangan toifalarga ajratishni anglatadi. Masalan, ijtimoiy tarmoqlardagi postlarni sentimentini aniqlashda, ya’ni ijobiy, salbiy yoki neytral deb tasniflashda qo‘llaniladi. Shu bilan birga, NLP metodlari matnlarning ma’nosini chuqur tahlil qilish imkonini beradi. Har bir sohada matn tasniflashning o‘ziga xos xususiyatlari va talablariga to‘g‘ri tanlangan algoritm ishlab chiqiladi.