Vol. 1 No. 1 (2025): COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS
Articles

ZAMON QO‘SHIMCHALARINI AVTOMATIK ANIQLASH MODELI

Published 2025-05-03

Keywords

  • Zamon qo‘shimchalari, qoidalarga asoslangan metod, NLP, Python.

Abstract

Tilshunoslikda fe’l so‘z turkumiga mansub so‘zlarning zamonini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Fe’llarning zamonlarini aniqlash orqali matn mazmunini to‘g‘ri tushunish, tarjima qilish va tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) sohasida ko‘plab muammolarni hal qilish mumkin. Zamon qo‘shimchalarini aniqlashda lingvistik jihatdan o‘zbek tilidagi fe’l zamon kategoriyasining morfologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Amaliy jihatdan esa qoidalarga asoslangan metod yordamida modelni qurish jarayoni tavsiflanadi.